Jihod nima degani?

0
694

«Jihod» so‘zi arabcha (جهد) jahada so‘zidan olingan bo’lib, o’zbekchaga tarjima qilganda «Mashaqqat chekmoq», «Jiddu jahd qilmoq» , «Harakat qilmoq» ma‘nolarini anglatadi. Jihod lug‘atda urush ma‘nosini anglatmaydi, buning uchun arab tilida » قتال» Qital so‘zi ishlatiladi.

Musulmonlar orasida jihod haqida turli qarashlar bor. Dastlab jihod deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Baʼzilar jihodni ikkiga ya‘ni „kichik jihod“ va „katta jihod“ ga boʻlishgan. Ularning fikriga koʻra, „kichik jihod“ Musulmonlarga dushmanlik qilgan va ularga urush qilganlarga qarshi jang qilish . „Katta jihod“ esa musulmonning oʻz nafsi bilan kurashishi va maʼnaviy barkamollik yoʻlidagi saʼy-harakat qilishidir.

Alloh taolo o‘zining kalomi sharifida aytadiki :

{ وَمَن جَـٰهَدَ فَإِنَّمَا یُجَـٰهِدُ لِنَفۡسِهِۦۤۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِیٌّ عَنِ ٱلۡعَـٰلَمِینَ }

«Kim jihod qilsa, bas, albatta, o‘z foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan bexojatdir. «

[Ankabut surasi: 6]

Shu o’rinda payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hadisi shariflarini keltirib o‘tamiz.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam «Haqiqiy jihod o‘z nafsiga qilingan jihotdir» dedilar.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo «Jihod» barcha musulmonlarga farz, shu jumladan haqiqiy musulmon yoshlar Suriya va boshqa urush bo‘layotgan ayrim davlatlarga borishi va u yerlarda kofirlarga qarshi kurashishi zarur ekani haqidagi da‘vatlar tarqatilayotgani sir emas. Ayrim yoshlarimiz «Jihod » tushunchasini noto’g’ri tushunishi oqibatida shirin hayotlari barbod bo‘lmoqda.

Bugun musulmonlar o‘z nafsiga qarshi jihod qilmog‘i kerak. Chunki insonning eng katta dushmani bu nafsidir. Agar har bir inson o‘z nafsiga qarshi jihod qilsa, bugungi kundagi jamiyatimiz rivojiga katta to‘siq bo‘layotgan o‘zganing joniga qasd qilish, poraxo‘rlik, ribo, o‘grilik, yetimlarni molini nohaqdan yeyish, zino kabi illatlardan yiroqda bo‘ladi. Qalbida o‘zining vatani, xalqi va diynining rovojlanishiga xizmat qilish tuyg‘usi uyg‘onadi va shu yo‘lda harakat qiladi.

Bilim yurti 3-kurs 80- guruh talabasi

Muhammad ali Tojiddinov

Bilim yurti matbuot xizmati.

Load More In MAQOLALAR