Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa…

0
634

Mehmonni ikrom qilish

Dinimiz islom mehmonga izzat-ikrom ko’rsatishga buyurib,hatto bu
amalni iymonning taqozosi deb sanaydi.
Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonini ikrom
qilsin!…». (Imom Buxoriy rivoyati) »
Mehmonni ikrom qilish, avvalo, bu uni ochiq yuz bilan «Yaxshi keldingizmi?», deb kutib olishdir. Bir hadisda, imkon bo’lsa, mehmon uchun birinchi kuni maxsus ovqat tayyorlash mehmondorchilik xaqlari sirasiga
kiritilgan.
Abu Shurayx Adaviy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini mana shu quloqlarim eshitgan, ko‘zlarim ham ko’rgan: «…Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonini mukofoti ila ikrom
qilsin!». «Uning mukofoti nima, ey Allohning Rasuli?», dedi (birov). U
zot: «Bir kecha-kunduz. Mehmondorchilik uch kundir, undan uyog‘i sadaqadir…», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyati)
Albatta, mehmondorchilikda rasmiyatchilik, riyo va mehmonga aziyat yetkazishdan saqlanish kerak. Mehmonga ikrom ko‘rsatishdan murod, uning orom olishidir. Zararli bo‘lishini bilaturib takalluf uchun mehmonni taom yeyishga majbur qilish, ikromning ayni teskarisidir. Bunday holatlarda mehmonning ko‘ngliga qarash lozimdir. Demak mehmonni ikrom qilib, unga chiroyli munosabatda bo’lish, yaxshi taomlar bilan taomlantirish, xizmatini chiroyli tarzda ado qilish Payg’ambarimiz alayhissalomdan meros bo’lib qolgan sunnatlardan ekan.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi:
Nodirbek domla Jamolov tayyorladi.

Load More In MAQOLALAR