MAQOLALAR Ming kilometr masofadagi rizq 17 мая, 2023 0 119 Hozirgi kunda hammamizga ma’lum-ki, ommaviy axborot juda ham tez rivojlanmoqda. Biz telefonimiz orqali xohlagan ma’lumotga ega bo’la olyapmiz. Shu o’rinda, biz telefonimiz orqali rizq haqida ham ko’plab ma’lumotlarni bilamiz, xususan, maruzalarda bu haqida ko’plab eshitganmiz. Men gapimni qisqa qilib, rizq haqida bir voqeani aytib bermoqchiman: «Buyuk turk olimlaridan biri Rossiya shaharlaridan biriga, rasmiy uchrashuvga taklif qilindi. Olim u shaharlarda halol taomni topolmaslikdan tashvishlandi va o’z hovlisidagi ikkita tovuqni so’ydi va ayolidan uni pishirib berishini iltimos qildi. Ayol tovuqlarni pishirdi, so’ngra, olim halol so’yib pishirilgan taomlarni o’zi bilan olib ketdi. Taklif qilingan shaharga yetib bordi va o’sha shaharda bir musulmonni uchratib qoldi.Biroz suhbat qurganidan so’ng, u musulmon olimni tushlikka taklif qildi. Shunda, olim o’zi bilan olib kelgan tovuq go’shtini tushlikka olib borishdan uyaldi va mehmonxonaga pishirilgan go’shtni tashlab ketdi. Olim tushlik qilayotgan vaqtida telefoniga uchrashuv bekor qilinganligi haqida xabar keldi. Shunda olim o’z yurtiga qaytishga qaror qildi va o’zi bilan olib kelgan tovuq go’shtini o’sha shahardagi bir musulmon faqir oilaga hadiya qildi va o’z yurtiga qaytdi». Qaranglar azizlar! Qanday ham go’zal voqea, shunday emasmi?! Bir inson 1000 kilometr masofani bosib o’tib o’zi bilan olib borgan halol taomlarni tanimagan, bilmagan bir faqir oilaga hadiya qilsa. Biz ba’zan hayotimizdan nolib, kamchiliklarimizni sanab ketamiz, musulmon inson barcha ishida Allohga tavakkal qilishi kerak. Agarda biz kutayotgan narsamiz bizni rizqimiz bo’lsa, 1000 kilometrdan ham bizga kelishiga yuqoridagi voqea yorqin dalildir. Endi nima-ki bizga kelmadimi, demak, u bizni rizqimiz emas. «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs 77-guruh talabasi Jaloldinov Mahmudjon