MAQOLALAR Muhammad ibn Abdulvahhobning adashuvi sabablari 5 марта, 2023 0 232 Muhammad ibn Abdulvahhob asli hozirgi Saudiya Qirolligida joylashgan Najd shahridan bo’lib o’zining yangi to’qib chiqargan aqidasini yoyishni ana shu yerdan boshlagan. Avvalda unga bu ishda Dir’iyya amiri Muhammad ibn Saud yordam bergan, keyin esa uning ergashuvchilari jadallik bilan ko’payib ketgan. Bunig asosiy sabablaridan biri sifatida ulamolar o’sha davrdagi Usmonli hukumatining bu oqimga qarshi ham ilmiy ham harbiy qarshiligi juda ham kech yo’lga qo’yilgani, deb baholashadi. Endi Muhammad ibn Abdulvahhobning adashuvi sabablariga kirishadigan bo’lsak buning boislari bir nechta: 1. U yoshligidan tafsir, hadis hamda aqida kitoblarini ko’p mutolaa qilar edi. Ma’lum-ki diniy kitoblarni ustozsiz yoki ulamolar nazoratisiz o’qishlik aksar holatlarda zalolatga, aqidaviy halokatga, jumhur ulamolarga qarshi chiqib ular bilan nizolashishga sabab bo’ladi. Ibn Abdulvahhobning aqidaviy xatolari hamda mutaassibligiga ham asosiy sabablardan biri ustozsiz mustaqil ilm olganligi; 2. Ibn Abdulvahhob ko’p hollarda Ibn Taymiyyaning aqida hamda fatvolariga ergashgan, ammo ergashibgina qolmay o’zini mujtahidi mutloq(Qur’on va uning ma’nolarini biluvchi, Hadis va uning sanadlaridan xabardor, odamlar va ularning urflaridan voqif hamda to’g’ri qiyos yordamida mustaqil hukm chiqara oluvchi alloma), deb o’ylab Ibn Taymiyyaning fatvolariga qo’shimchalar kiritgan. Masalan, Ibn Taymiyya marhum insonlarni vasila(ularning hurmatini o’rtaga qo’yib duo qilish) va istig’osa(ularning o’zlaridan duo qilib berishlarini so’rash)ni nojoiz, degan, lekin Ibn Abdulvahhob bu fatvoga o’zidan qo’shimcha qilib vasila va istig’osani kufr va shirk, deb atadi. Bunday misollar bisyor; 3. Ko’r-ko’rona taqlid. “Subulus salom” kitobining muallifi Muhammad ibn Ismoil Yamoniy shunday deydi: “ Ibn Abdulvahhobning holatini ko’rdik-ki u Shariatning bir qisminigina biladi, chuqur nazar solmagan, uni hidoyat yo’liga boshlovchi, foydali ilmga yo’naltiruvchi va uni dinni chuqur anglovchi qilib tarbiyalaydigan odamdan ilm olmagan, balki Abu Abbos ibn Taymiyya, hamda uning shogirdi Ibn Qoyyim Javziyyaning kitoblarining ba’zisini mutolaa qilib ularga taqlid qilgan, Shariatni puxta o’rganmagan. Holbuki, u ikkisi o’zlari taqlidni harom deydilar.» Bilim yurti 4-kurs 78-guruh talabasi Azimov Azamjon Bilim yurti matbuot xizmati.