OTA-ONA BILAN GO‘ZAL MUOMALADA BO‘LISH

0
255

«Ey, Allohning Rasuli! Ota-onam vafotidan keyin ularga yaxshilik qila oladigan biror yo‘l
bormi?»

Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda ota-ona bilan chiroyli muomala qilishga katta urg‘u berilgan. Chunki bandalarning haqlari ichidagi eng kattasi aynan ota-ona haqidir. Shuning uchun ham Qur’oni karimning quyidagi o‘rinlarida ota-onaga go‘zal muomala qilishga amr qilingan:
«Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingizlar!». (Niso, 36-oyat)
Boshqa oyatda shunday deyilgan:
«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik». (Ankabut, 8-oyat)
Hadisi sharifda ham ota-onaga yaxshilik qilish eng yaxshi amal ekani
bayon qilingan.
Abu Amr Shayboniy Abdulloh roziyallohu anhuning uyiga ishora qilib
shunday deydi: Valid ibn Ayzor dedi:
«Abu Amr Shayboniyning shunday deyayotganini eshitdim: «Bizga
ushbu hovlining egasi (qo’li bilan Abdullohning hovlisiga ishora qilib)
shunday degan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh uchun
qaysi amal sevimliroq?», deb so‘radim. «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysi?», dedim. «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar».
Yuqoridagi hadislardan ota-onaga xizmat qilish naqadar muhim ish
ekani ma’lum bo‘ladi. Quyidagi voqea esa barcha musulmonlar uchun ota￾onaga qanday xizmat ko‘rsatish kerakligi borasida yetarli ibrat bo’ladi: Hatto, Ota-ona vafotidan keyin ham ularga chiroyli muomala qilish savobining eshigi butkul yopilmaydi. Bu haqida Imom Abu Dovud
rahmatullohi alayhdan quyidagi hadis rivoyat qilingan: Abu Usayd Molik ibn Robi’a Sovidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlarida
o‘tirgan edik, Bani Salamalik bir kishi kelib: «Ey, Allohning Rasuli! Ota-onam vafotidan keyin ularga yaxshilik qila oladigan biror yo‘l bormi?», dedi. U zot: “Ha, ularning haqqiga duo qilish, istig‘for aytish, bergan axdlariga ulardan keyin ham vafo qilish, ikkovlari orqali bog‘lanadigan qarindosh-urug‘chilik aloqalarini davom ettirish va do‘stlarini ikrom kilish», dedilar». (Abu Dovud rivoyati)
Mazkur hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaga ular
vafot etganidan so‘ng ham extirom ko‘rsatish yo‘l-yo‘rig‘idan ta’lim
bermoqdalar. Shunday ekan, har qanday inson umri davomida bu
ko‘rsatmalarga amal qilib, ularni yaxshi ko‘rib, itoat etib va xizmatlarida
qoim bo‘lib nomai a’molidagi savoblari zaxirasini boyitib borishi mumkin
bo’ladi.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi:
Nodirbek domla Jamolov tayyorladi.

Load More In MAQOLALAR