Paxtadan ushr berish

0
219

Shariatning ushr va zakot nizomiga chuqur nazar tashlansa, shu narsa maʼlum boʻladiki, shariat insonlarning ehtiyoji uchun zarur boʻlgan har qanday narsaning ziroatiga ushrni vojib qilgan. Xoh u yeydigan narsa boʻlsin, xoh avratni toʻsishga sabab boʻladigan narsa boʻlsin. Shuning uchun shariat paxtada ham ushrni vojib qilgan. Chunki undan insonlar uchun kiyim tayyorlanadi. Kiyim esa insonning ehtiyoji tushadigan eng muhim narsalardandir.

Alloma Ibn Obidin Shomiy «Roddul muxtor» kitobida yozadilar:

في ثمرة جبل يدخل فيه القطن لأن الثمر اسم لشيء متفرع من أصل يصلح للأكل و اللباس كما في الكرماني.

Togʻning mevasiga paxta ham kiradi. Chunki meva deb yeyishga va kiyishga salohiyatli boʻlgan asldan chiqqan turli narsaga aytiladi.

Alloma Shomiyning bu iborasidan insonga foydali va manfaatli boʻlgan har qanday dehqonchilikda ushr vojib boʻlishi tushuniladi. Agar dehqon paxtani pul evaziga yoki oʻzi suv chiqarib sugʻorgan boʻlsa hosilni yigirmadan birini beradi. Ammo, soy suvi bilan sugʻorgan boʻlsa chiqqan hosilni oʻndan birini ushr qilib beradi. Hosildan ushr chiqarishda ketgan harajatlar chiqarib tashlanmay hisoblanadi.

✍ Ibn Obidin Shomiy,

Yorqinjon Fozilov

📚 «Durrul muxtor»

«Islomda ziroat masalalari»

4-kurs 78-guruh talabasi Fozilov Hojiakbar

Load More In MAQOLALAR