Qur‘on insonni halim qiladi

0
22

Qur’on o’quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo’lg’iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so’zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad,  gina-qudrat saqlamaydi.

Qur’on o’qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni behuda ketkazmaydi.  Agar biron narsadan sevinsa, tabassum qilsadi.  Bekorchi narsalar bilan o’ynashib qolmaslik uchun ortiqcha o’yin-kulgilarni kamaytiradi.  Agar hazillashadigan bo’lsa, rost gaplar bilan hazillashadi.  Qur’on o’quvchi odamlarga ochiq chehra bilan muomala qiladi, o’zini maqtamaydi, ezgu ishlarini elga doston qilmaydi, gunohini yashirganidek solih amallarini ham pinhon tutadi.

Qur’on o’qiydigan odam Allohga xush kelmaydigan ishlardan saqlanadi, birovni g’iybat qilmaydi, haqoratlamaydi, hech kimni so’kmaydi, faqat yaxshilik qiladi.  Odamlar kamchiliklarini ilm bilan gapirib, xato-nuqsonlarni yoritib qo’yadi.

Qur’on o’qishga johillar murojaat etsa, muloyimlik bilan javob qaytaradi, zulm ko’rsa, kechiradi, musibatlarga sabr qiladi, Rabbi roziligi uchun g’azabini ichga yutadi, kishilarga kamsuqumlik bilan muomala qiladi.

Qur’on o’quvchi Mus’hafni tirikchilik vositasi qilib olmaydi, odamdan biron narsa ta’ma qilmaydi, boriga qanoat kilib, dunyoning ortiqcha ziynatlariga berilmaydi.

Qur’on o’qigan inson ota-onasiga yaxshilik qiladi, ularni qarovsiz qoldirmaydi, qurilmalarida ovozini baland ko’tarmaydi.  Qori, bor mol-dunyosini ota-onasi uchun fido qilishga tayyor turadi, ularga hurmat ko’rsatadi va ularning haqqiga muttassil duoyi xayrlar qiladi.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Rahmatulloh domla Umarov tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР