Ramazonni qanday o’tkazishimiz kerak?

0
119


Rivoyat qilinishicha, sahoba Abu Hurayra roziyallohu anhudan kelgan hadisda Muhammad ﷺ shunday marhamat qilganlar:

«لا تَقَدَّمُوا رَمَضَانَ بِصَوْمِ يَوْمٍ وَلَا يَوْمَيْنِ…»
“Ramazonni bir yoki ikki kun oldin ro‘za tutib kutib olmanglar (faqat odatda ro‘za tutib yuradigan kishidan boshqa).”

Bu hadis Ramazon oyining ulug‘ligini ko‘rsatadi. Ya’ni musulmon kishi Ramazonni shubha yoki ehtiyot sifatida oldindan ro‘za tutib “sinab” kutib olmaydi. Balki oy kirishi aniq bo‘lgach, buyuk ibodatni boshlaydi. Bu – ibodatda tartib va shariatga itoatning belgisi.

Yana bir hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh ﷺ dedilar:

«مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ»

Kim Ramazon ro‘zasini imon bilan va savob umid qilib tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi.

Bu hadis bizga Ramazon ro‘zasining ikki muhim shartini eslatadi:

  1. Iymon bilan – ro‘zaning farz ekaniga qalban ishonib tutish.
  2. Ihtisob bilan – faqat Allohning savobini umid qilib, riyosiz tutish.

Demak, Ramazon faqat och qolish emas. U qalbni poklaydigan, gunohlarni yuvadigan, insonni yangi hayotga boshlaydigan buyuk imkoniyatdir.

Ramazonni to‘g‘ri kutib olaylik:
– niyatni to‘g‘rilab,
– qalbni poklab,
– ibodatga tayyorgarlik bilan.

«Allohim! Bizga Ramazon oyini tinchlik, omonlik, salomatlik va Islom bilan qarshilashni nasib etgin. Bu oyni gunohlardan poklanish, xayrli amallar qilish va Sening rizoligingga erishish oyi qilgin. Ta’lim muassasasi ARM rahbari M. Omonboyev

Load More In МАҚОЛАЛАР