MAQOLALAR Ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘ladigan uzrlar 4 апреля, 2024 0 220 Uzr (yoki ariza) kishini ro‘za tutishdan to‘xtatadigan omildir. Ro‘za tutmaslikka uzr va ro‘za ochilsa gunoh bo‘lmaydigan omillar sakkiztadir: kasallik, musofirlik, ro‘za tutmaslikka majburlanish, homiladorlik, emizuvchi ayol, ochlik, suvsizlik, o‘ta qarilik. 1. Bemor odam kasalligi kuchayishidan yoki tuzalishi kechikishidan ko‘rqsa. 2. Homilador ayol qornidagi bolaning tushib qolishidan yoki o‘zining o‘lib qolishidan yoki kasal (betob) bo‘lib qolishidan ko‘rqsa. 3. Emizuvchi ayol o‘zi yoki emizayotgan bolaning kasal yoki akdi zaif bo‘lib qolishidan qo‘rqsa. Bola o‘z farzandimi yoki boshqa kishining bolasimi, farqi yo‘q. Bu mavzua qo‘rquv o‘tmish tajribasidan chiqqan xulosaga yoki to‘g‘riso‘z mutaxassis va musulmon shifokorning tavsiyasiga asoslanadi. 4. Kishining o‘limga sabab bo‘ladigan suvsizlikka duchor bo‘lishi. 5. Kishi o‘limiga sabab bo‘ladigan shiddatli ochlikka duchor bo‘lganida ro‘zasini ochishi joizdir. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Sottorov tayyorladi.