MAQOLALAR Ro‘zani ochib yuboruvchi zamonaviy omillar 30 марта, 2024 0 167 O‘ninchi omil: tibbiy emlash (in’ektsiya) O‘n birinchi omil: teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar: Bu quyidagi qismlarga bo‘linadi: 1. teri ostiga in’ektsiya qilish (dori yuborish). 2. mushaklarga dori yuborish. 3. qon tomirlarga dori yuborish. Bular orasidan teri va mushaklarga insonga quvvat bermaydigan dorilarni shprits orqali yuborish yangi asr olimlariga ko‘ra ro‘zani ochmaydi. Bunga dalil: asl qoida ro‘zani durustligi bo‘lib, uni buzilishi uchun dalil kerak. Shuningdek, mazkur emlashlar yeyish-ichish yoki ularni ma’nosidagi narsa ya’ni ozuqa olish hisoblanmaydi. Ammo, qon tomirga insonga quvvat beruvchi dorilarni yuborish borasida olimlar orasida ixtilof mavjud. Birinchi fikr: mazkur qon tomirga insonga quvvat beruvchi dorilarni yuborish ro‘zani ochib yuboradi. Bu Islom Fiqhi Akademiyasining qaroridir. Bunga sabab: ushbu dori yeb-ichishni ma’nosida ya’ni ozuqa olish hisoblanadi chunki, shunday dorini qabul qilgan shaxs odatda ovqatlanishga ehtiyoj sezmaydi. Ikkinchi fikr: u ro‘zani ochmaydi. Chunki, ushbu dori odatdagi yo‘llar orqali qorin bo‘shlig‘iga kirmaydi. Kirgan taqdirda ham, teridagi teshiklar orqali boradi va bu qorin bo‘shlig‘iga kirmaydi va uning hukmini ham olmaydi. Haqiqatga yaqin fikr: mazkur qon tomirga emlash ro‘zani ochadi chunki ro‘zani ochilishiga olib keluvchi shar’iy omil faqatgina qorin bo‘shlig‘iga biror narsani kirib borishi emas, balki badanning ozuqalanishidir va bu igna yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Masala: Qandli diabet kasaliga mubtalo bo‘lgan bemorlar qabul qiladigan ukol dorilar ro‘zani ochmaydi. O‘n birinchi omil: teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar: Teri ostida qon tomirlari mavjud bo‘lib, ular teri ustiga surtilgan narsani tuk yo‘llari orqali so‘ra boshlaydi va bu jarayon juda sekin amalga oshadi. Shunga ko‘ra, teri ustiga surtilgan narsa ro‘zani ochadimi? Qadimdagi aksariyat faqihlar bu narsa ro‘zani ochmaydi deganlar. Islom Fiqhi Akademiyasining qarori ham shunday. Ba’zilar bugungi kundagi barcha yangi asr olimlari mazkur hukmga ya’ni teri ustiga surtilgan narsalar ro‘zani ochmasligiga ijmo’ qilganlar deb aytadilar. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Muhammadali domla Xayitboyev tayyorladi.