MAQOLALAR Vaqf nima? 11 мая, 2023 0 400 Vaqf» bu «vaqafa» (to’xtatdi) felining ish-harakat nomi (masdari) bolib, lugatda «to’xtatish», «tutib qolish» manosini anglatadi. Ko’pincha esa mazkur so’z bilan masdar emas balki, vaqf qilingan narsa tushuniladi. «To’xtatish», «tutib qolish» so’ziga qanday aloqasi bor, desangiz aytish joizki, odatda vaqf qilingan narsa xoh u manqul (kochar mulk) bolsin, xoh gayri manqul (kochmas mulk) bo’lsin,odatiy ashyolar kabi odamlar bemalol sotib olib, so’ng yana sotib yuboraverishlaridan va ular o’rtasidagi muomalada boshqa tovarlar kabi aylanib yurishidan to’sib, to’xtatib qo’yiladi. Alloh uchun vaqf qilingan narsalarga berilgan umumiy nom ushbu manodan kelib chiqqan. Vaqf sozining istilohiy manosi borasida fuqaholar tarafidan turli-xil tariflar aytilgan. Ularning xulosasi shuki, «vaqf bu — biror obektni Allohning mulki bolishi uzra (oldi-berdi muomalasidan) tosib qoyish va undan hosil boladigan manfaatni esa muayyan qatlamga yoki barcha ehtiyojmandlarga yoxud omma musulmonlar uchun sadaqai joriya qilib qilib qoyishdir». Misol uchun, bir insonning bog’i bor. U inson osha bog’ni undan chiqadigan mevalar xalqqa tarqatilishiga kora Alloh uchun vaqf qildim, desa yoki shu ishni rasmiylashtirib qo’ysa, uning bog’idan hosil bolgan mevalar mudom xalq uchun xayr-ehson qilinadi. Bilim yurti 4-kurs 78-guruh talabasi Allamurodov Abduvahob