2022-yil 10-noyabr kuni Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum o’rta maxsus islom bilim yurtida «O’zbekistonda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi.

0
613

2022-yil 10-noyabr kuni Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum o’rta maxsus islom bilim yurtida «O’zbekistonda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy o’rinbosari O’.Xasanboyev, musulmonalari idorasi masjidlar bo’limi boshlig’i M.Kamalov, Andijon viloyati bosh imom hatibi M.Alimov, bilim yurti mudiri R.Mahmudov, bilim yurti mudarrislari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbir dastlab an’anaga muvofiq Qur’on tilovati bilan boshlandi. So’ngra Andijon viloyati bosh imom hatibi M.Alimov so’zga chiqib, hozirgi kunda yurtimizda barcha sohalar qatori diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning zamirida yurtimiz tinchligi va xalqimiz roziligini olish yotganligini ta’kidlab o’tdi.
So’ngra O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy o’rinbosari O’.Xasanboyev so’z olib yig’ilganlarga O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy hazratlarining salomlarini yetkazdi. So’ngra kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig’ilganlarga o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Notiq o’z nutqi davomida hozirgi kundagi diniy soha hodimlari oldida turgan asosiy vazifalar hususida so’z yuritdi. Jumladan, yurtimiz va dunyo siyosiy maydonida sodir bo’layotgan voqea hodisalarga bilim yurtida xizmat qilayotgan mudarrislar va tahsil olayotgan talabalar tomonidan og’ir va vazminlik bilan munosabat bildirishi lozimligi, talabalar tomonidan diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlarni ham to’laqonli o’zlashtirishi zarurligi, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo’layotgan voqea-hodisalarga ko’r-ko’rona fikr bildirmaslik kabi masalalar bo’yicha o’z tavsiyalarini bildirib o’tdi. Notiq o’z so’zi yakunida bilim yurtida obod bo’lishida katta xizmat qilayotgan bilim yurti rahbariyati va mudarris o’qituvchilarga o’z tashakkurlarini bildirib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqqiyatlar tiladi.
Shundan so’ng musulmonlari idorasi masjidlar bo’limi boshlig’i M.Kamalov so’z olib, bilim yurti bitiruvchi kurs talabalari oldida turgan vazifalar, bilim yurtini tamomlagandan so’ng, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi tashkilotlarda xizmat qilishi lozimligi hususida o’z tavsiyalarini bildirib o’tdi. Tadbir so’ngida bilim yurti mudiri R.Mahmudov so’zga chiqib o’z vaqtlarini ayamasdan madrasamizga tashrif buyurib, qimmatli fikr-mulohazalari hamda tavsiyalarini berganliklari uchun mehmonlarga o’z tashakkurlarini bildirib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqqiyatlar tiladi. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Bilim yurti matbuot xizmati

 

  • Yangiliklar

    «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025–2026 o‘q…
  • Ma’rifat va xotira uyg‘unligi

    Bugun “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasida diniy soha tizimida ulkan…
  • Ma’rifat va xotira uyg‘unligi

    Bugun “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasida diniy soha tizimida ulkan…
Load More In ЯНГИЛИКЛАР