8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ta’lim muassasamizda “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

0
259

#KonstitutsiyaKuni
#DavraSuhbati
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ta’lim muassasamizda “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu suhbatda ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘limi uslubchisi Fazliddin domla Nizomov, talabalar turar joyi pedagogi Abdullo domla Rasulov va fiqh hamda islom tarixi fanlari mudarrisi Sayyidafzalxon domla Zikryayevlar ishtirok etib, Konstitutsiyaning ahamiyati, undagi asosiy tamoyillar va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida talabalarga sodda va tushunarli tarzda ma’lumot berishdi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaning davlat suvereniteti, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi roli haqida fikrlar bildirildi.

Konstitutsiya — mustaqilligimizning mustahkam asosidir.

🌐 Maxdum.uz — diniy maʼrifiy kanal!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
▶️ Telegram (https://t.me/maxdumuz) | 📘 Facebook (https://www.facebook.com/maxdumuz?mibextid=ZbWKwL) | 📸 Instagram (https://www.instagram.com/maxdumuzz?igsh=bXN0djVpaDJ2bzZz)

  • Yangiliklar

    «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025–2026 o‘q…
  • Ma’rifat va xotira uyg‘unligi

    Bugun “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasida diniy soha tizimida ulkan…
  • Ma’rifat va xotira uyg‘unligi

    Bugun “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasida diniy soha tizimida ulkan…
Load More In ЯНГИЛИКЛАР