Madrasam

0
396

Tarovati go’zal bog’ligim
Sen-la doim vaqti chog’ligim
Qayda bo’lmay,sen-la borligim
Madrasamsan,ilmlarga kon
Sen aziym yurt, sen aziz makon!

Ulg’aydi bag’ringda necha olimlar
Haq yo’lga chorlovchi zakiy xodimlar
Dargohingdan rizolik topmadi kimlar
Madrasamsan, behishti jahon
Sen aziym yurt, sen aziz makon!

Hech bir joy yo’qkim,ul sendin avloroq
Tarbiya o’chog’i, qalblarga chiroq
Umr yo’llarida nur sochgan mayoq
Madrasamsan, halovati jon
Sen aziym yurt, sen aziz makon!

Har namoz bag’ringda jamoat qoim
Qur’on nurlari-la munavvar doim
Ulug’lar izi yotgan muqaddas joyim
Madrasamsan, nahori azon
Sen aziym yurt,sen aziz makon!

Sen bizga Robbimning bergan ne’mati
Sening-la angladim Holiq hikmati
Yashnagin ilohim haqqi-hurmati
Madrasamsan,g’animat zamon
Sen aziym yurt,sen aziz makon!

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta-maxsus islom bilim yurti 1-kurs talabasi
Abdurahimov Muhammadali

  • Муножот ва ибрат

    Кўринди бу кеча гулда муножот, Забони ҳол билан кечди мулоқот. Дедим: “Эй гул, нечун чеҳра…
  • Arab tilidagi afzallik

    E’rob (fleksiya) arab tilining o‘ziga xos bir belgilaridan biridir. Arab tilida  E’rob (fl…
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy

    Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) – Turkiston jadidchilik harakatining eng yetuk namoyandal…
Load More In АДАБИЁТ