АДАБИЁТ Madrasam 16 ноября, 2022 0 56 Tarovati go’zal bog’ligim Sen-la doim vaqti chog’ligim Qayda bo’lmay,sen-la borligim Madrasamsan,ilmlarga kon Sen aziym yurt, sen aziz makon! Ulg’aydi bag’ringda necha olimlar Haq yo’lga chorlovchi zakiy xodimlar Dargohingdan rizolik topmadi kimlar Madrasamsan, behishti jahon Sen aziym yurt, sen aziz makon! Hech bir joy yo’qkim,ul sendin avloroq Tarbiya o’chog’i, qalblarga chiroq Umr yo’llarida nur sochgan mayoq Madrasamsan, halovati jon Sen aziym yurt, sen aziz makon! Har namoz bag’ringda jamoat qoim Qur’on nurlari-la munavvar doim Ulug’lar izi yotgan muqaddas joyim Madrasamsan, nahori azon Sen aziym yurt,sen aziz makon! Sen bizga Robbimning bergan ne’mati Sening-la angladim Holiq hikmati Yashnagin ilohim haqqi-hurmati Madrasamsan,g’animat zamon Sen aziym yurt,sen aziz makon! «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta-maxsus islom bilim yurti 1-kurs talabasi Abdurahimov Muhammadali