Abdulloh ibn Muborak

0
30

Tobeʼinlarning eng ulug‘i, faqih, muhaddis, mujohid olim Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh (118/726-797 hijriy/milodiy Hishom ibn Abdulmalik davrida tug‘ilgan. Abdulloh ibn Muborak o‘zining xotirasi va ilmga bo‘lgan g‘ayrati, hadis to‘plashi va zohidligi bilan mashhur bo‘lgan taqvodor musulmon edi.
Agarchi ajam bo‘lsalar ham arab tilini mukammal o‘rgangan, arabiy she’rini bilimdoni va o‘zi ham shoir adib inson bo‘lgan. U zot Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni hadislarini o‘rganishga kirishdilar va yuz minglab hadislarni yod oldilar. U zotni shogirdlari aytishadiki tunlarni qoim qilar edilar, kunduzlari ro‘za tutardilar, sadaqalari ko‘p edi, bir yil haj qilar bir yili jihodga chiqar edilar.
U zot asr namozi tugagandan keyin Qur’on tilovatlarini qilib u tugagandan keyin hadis yozar edilar. Ko‘p mamlakatlarga sayohat qilganlar. Sayohatlarida Abu Hanifa bilan ko‘rishgan va u zotning eng mumtoz shogirdlari safidan o‘rin olganlar. Soʻfiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozganlar. 20 ming hadisni o‘z ichiga olgan 20 asarini Abu Hanifaning abvobi fiqhiga ko‘ra tartib etganlar. Jihod haqida ilk asar ta’lif etgan va ilk daf’a Arbaʼin (qirq hadis) yozganlar.
Abdulloh ibn Muborakdan bahramand bo‘lganlardan biri Ahmad ibn Xanbaldir. Imom Buxoriyning otasi — Ismoil Abdulloh ibn Muborakning shogirdlaridan bo‘lganlar. Sufyon Savriy aytadilar umrimni hammasi Abdulloh ibn Muborak bir yiliga o‘xshashini istardim, Ibn Muborakning uch kunichalik ham qodir bo‘lishiga ham qodir emasman der edilar. U zotni zamondoshlaridan biri aytadi Abdulloh ibn Muborak ishiga nazar soldim qarasam sahobalarni Abdulloh ibn Muborak ishidan ortiqcha ishi bo‘lmagan ekan, ya’ni u zot ilmda, taqvoda, amalda sahobalar darajalariga yetib qolgan edilar, lekin sahobalar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga hamsuhbat bo‘lganlari uchun Abdulloh ibn Muborakdan ustun bo‘lishaveradilar.
Abdulloh ibn Muborak insonni ruhini qalbini tarbiya qiladigan “Az-Zuhd” nomli 16 juzli kitob yozdilar. U zot bu kitoblarini shogirdlariga o‘qib berib turib shunday qattiq yig‘lardilarki shogirdlari buni ko‘rib biron savol berisha olmasdi. Bu kitob bizgacha yetib kelgan. Abdulloh ibn Muborak aytadilar: “Kim ulamolarga bepisand bo‘lsa oxirati ketib qoladi, kim amirlarga bepisand bo‘lsa dunyosi ketib qoladi, kim birodarlariga bepisand bo‘lsa muruvvati ketib qoladi. U zot Tarsusdan qaytayotganda vafot etgan va Furot daryosining qirg‘og‘idagi Xish shahrida dafn etilgan.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Abdulhamid domla Aliyev tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР