ЯНГИЛИКЛАР Abituriyent imtihonga kirish ruxsatnomasini olishi va imtihonga kelish tartibi quyidagicha: 17 августа, 2022 0 493 Abituriyent imtihonga kirish ruxsatnomasini olishi va imtihonga kelish tartibi quyidagicha: 1. Abituriyentning hujjat topshirganda bergan arizasida qoldirgan asosiy telefon raqamiga 5100 qisqa raqamidan sms xabarnoma keladi. 2. Abituriyent 5100 qisqa raqamidan kelgan xabarnomada ko‘rsatilgan havola orqali o‘zining ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin bo‘ladi. 3. Abituriyentlar ushbu elektron ruxsatnomani olgandan so‘ng qog‘ozga chiqarib olishlari kerak bo‘ladi. 4. Imtihonga abituriyent shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID kartasi) hamda ushbu ruxsatnoma bilan kelishi shart (pasport yoki ID siz ruxsatnoma haqiqiy hisoblanmaydi). Eslatma!!! Mazkur ruxsatnomada abituriyentning — test topshirish sanasi; — nechanchi sektorda ekani; — qaysi smena va guruhda ekani ko‘rsatilgan. ❗️DIQQAT! Ayrim sabablarga ko‘ra sms bormagan va ruxsatnomani ololmagan abituriyentlar ta’lim muassasasining qabul hay’atiga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi!