МАҚОЛАЛАР ALLOH VA UNING PAYG’AMBARIGA ITOAT ETSA…! 2 марта, 2021 0 376 Kimda kim Alloh va Payg’ambarga itoat etsa, aynan o’shalar Allohning inomiga erishgan zotlar, ya’ni Payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birgadirlar. Ular hamroh sifatida naqadar go’zaldir! Bu Allohdan (bo’lgan) fazlildir. Alloh yetarli (darajada) bilimdondir. (Niso 69, 70) Ya’ni kim Alloh taolo va uning Rosulining amriga quloq tutib, qaytarganlaridan tiyilsa, Alloh taolo uni o’zining karomat hovlisiga joylab, Nabiylarga, so’ng martabada ulardan keyingilarga ya’ni siddiqlarga, so’ng shahidlarga, ulardan keyin esa ichi-yu tashi to’g’ri bo’lgan solih mo’min bandalariga hamroh qilib qo’yadi. Urva ibn Zubayr aytadilar: Oisha onamiz roziyallohu anho shunday dedilar: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday diyotganlarini eshitdim: “Biror bir nabiy o’lim kasaliga duchor bo’lmaydiki, agarchi bo’lsa ham dunyo va oxirat o’rtasida ixtiyor beriladi”. Bu aytgan gaplari U zotni vafotlaridan oldingi betobliklarida xirillash tutgan payitidagi shikoyatladida edi. U zotni: “Kimda kim Alloh va Payg’ambarga itoat etsa, aynan o’shalar Allohning inomiga erishgan zotlar, ya’ni payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birgadirlar”, deganlarini eshitib, bildimki, U zotga ham ixtiyor berilgan ekan. (Imom Buxoriy). Urva ibn Murradan rivoyat qilinadi. Aytadilarki: Rosululloh sollallahu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib: “Ey Allohning Rosuli Allohdan boshqa iloh yo’q ekanligiga va Siz uning Rosuli ekanligingizga guvohlik beraman. Besh vaqt namozni ado etaman, molimni zakotini beraman va ramazon oyida ro’za tutaman”, dedilar. Shunda Rsullolloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki barmoqlarini ko’tarib, kimiki, man shunday holatda umri payonoga yetsa, qiyomat kunida payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo’ladi”, dedilar. (Imom Ahmad) Hasan Basriy Abu Saiddan rivoyat qilib aytadilar: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “To’g’ri so’z va ishonchlik savdogar nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo’ladilar”. (Imom Termiziy) Ya’ni, kim rostgo’lik va omonatni mahkam ushlasa, nabiylar va siddiqlardan iborat yaxshi insonlar orasida bo’ladi. Bordi-yu aksincha bo’lsa, gunohkor va fosiqlar bilan birga bo’ladi. Abu Said Hudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Jannat ahli tepalaridagi bolaxona ahlini o’rtalaridagi tafazul (ya’ni, fazl va darajadagi o’zaro tafavut) tufayli mag’rib yoki mashriqda ufuqqa botayotgan porloq yulduzni ko’rgandek ko’radilar”, dedilar. “Ey Allohning Rasuli, anbiyolarning boshqalar yeta olmaydigan manzillari o’shami?” deyishdi. U zot: “Yo’q, jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, (bular) Allohga iymon keltirib, Rosullarni tasdiq qilgan kishilardir”, dedilar”. (Imom Buxoriy) Yuqoridagi oyat hamma mukallaf bo’lgan insonlarga umumiydir. Sabablarning xosligi lafzni umum ekanligiga to’sqinlik qilmaydi. Shunda ma’no, Alloh va Uning Rosuliga itoat qilib, qaytarganidan qaytadigan insonlarning hammasi nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan Alloh taoloning huzuridagi oliy darajaga va ulug’ martabaga muvoffaq bo’ladilar. Bilim yurti mudarrisi Abdulxamid domla ALIYEV