МАҚОЛАЛАР ALLOHGA TAVAKKAL QILISH 22 сентября, 2022 0 860 Haqiqiy tavakkul – avvalo sabablarga, so’ngra esa Allohga suyanmog’ingdur. Agar sen mashinagda safarga chiqmoqchi bo’lsang, bundagi tavakkul — mashinangni har bir yerini birma-bir – mator, yog’, to’rmizini ko’zdan kechirib, markabing safarga tayyor ekaniga ishonch hosil qilgach so’ngra qalbingni tub-tubida «Ey Robbim, sen saqlaguchisan, senga suyanaman» deb aytmog’ingdur Shuning uchun aytamanki, tavakkul birinchi galda barcha sabablarni, go’yoki hamma ish mana shu deb bilib, so’ng Allohga tavakkal qilmog’ing, go’yoki bu hech narsa emas deb. Muhammad Rotib Nobulsiy Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi: Nodirbek domla Jamolov tarjimasi