Аrab folklorining o‘rganilish tarixi

0
56

 

 

Dastlabki arab xalq og‘zaki ijodining yozib olininshi VIII asrlarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, keyinchalik g‘arb sharqshunos olimlari ham arab mamlakatlariga borib, folklorga oid materiallarini xalq og‘zidan yozib ola boshladilar. Rossiyaning Sankt-Pererburg shaxridagi Saltikov- shedrin davlat xalq kutubxonasida А.S Ferkovich (1787-1874) 1863-1865 yillarda Falastin Suriya Misrlarga borib olib kelgan qo‘lyozmalar majmuasi mavjud. 1962-1965 yillarda arabshunos V.V. Lebedev tomonidan Firkovich qo‘lyozma majmuasi tavsif qilinganda, u yerda juda ko‘p arab folkloriga oid maʼlumotlar bor ekanligi qayd etilgan. Ularda XVI-XVIII asrlarga oid 50 saxifada arab xalq og‘zaki ijodi materiallari topilgan. Ularning ko‘pchiligi sehrli ertaklar bo‘lgan.

XVIII asrning oxiri XIXasr boshlariga kelib, G‘arb olimlari, sayyohlari, diplomatlari ham arab maqollari, xalq qo‘shiqlari, ertaklarini yozib ola boshladilar. XIX asr 40-50 yillariga kelib,arab folkloriga oid materiallar Yevropa ilmiy nashrlarida paydo bo‘la boshladi. XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib, Yevropa arabshunoslarining arab folkloriga oid frantsuz, nemis, ingliz tillariga tarjima qilingan kitoblari nashrdan chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa yangi arabshunoslari avlodi tomonidan arab folklori barcha janrlarini o‘z ichiga olgan to‘plamlar nashr qilindi. Rus arabshunoslaridan birinchi bo‘lib, А.O. Muxlinskiy (1808-1877) Sankt- Peterburg universiteti kutubxonasida saqlanayotgan Misr xalq qo‘shiqlari to‘plamini o‘rgandi. V.F. Girgas (1835-1887) Suriya va Misrda 1861-1864 yillarda bo‘lgan vaqtida arab maqollarini yozib kelgan. Аkademik А.E. Krimskiy (1871-1942) 1896-1898 yillarda Suriya va Livanga borib, arab ertaklarini yozib kelgan. Rus arabshunoslik maktabi asoschisi I.Yu. Krachkovskiy (1883-1951) qadimgi folklor manbalariga va zamonaviy yangi arab folkloriga qiziqish bildirib, 1926-1927 yillarda 3 ta arab ertagi va Misr xalq sheʼrlarining ruscha tarjimasini nashrdan chikardi. I.Yu. Krachkovskiy shogidlaridan D.V. Semyonov 1929 yili Suriya shevasiga oid xrestamatiyasiga Girgas to‘plamidagi maqollar, G‘arb arabshunoslari nashr qilgan to‘plamlardan ertak, rivoyat, latifalarni kiritgan.

Mashxur rus semitologi I.N. Vinnikov (1897-1973) 1962 yili Buxoro arablari shevasini o‘rganib, maqol va matallardan foydalanib 62 ta ertakni ular tilidan yozib olib nashrdan chiqargan. “Ming bir kecha” ertaklari bilan shug‘ullangan arabshunos M.А. Sale, uni rus tiliga tarjima qilib chop ettirgan.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi Sirojiddin domla Ahmadaliyev

Load More In АДАБИЁТ