МАҚОЛАЛАР Asalda shifo bor 13 декабря, 2023 0 286 Asalarining hayot tarzi insonlar uchun beqiyos ibrat namunasidir. Asalarining tirikligi chamanzorlar, yaylovlar ichida o‘tadi. Gul shiralari bu moʻjaz jonivorning taomidir. Ma’lum bo‘lishicha, asalari kamida 3000 xil o‘simlik gulidan shira (nektar) yig‘adi. Bir kilogramm asal yig‘ish uchun 10 million dona gulga qo‘nadi. Bu vaqt ichida har bir asalari uyasiga 120-150 marta qatnaydi, 450 000 chaqirim yo‘lni bosib o‘tadi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Qur’onda ikki shifo bor: Qur’on va asal. Qur’on qalblardagi kasalliklarga shifo, asal har bir dardga davodir”. Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shirinlik bilan asalni yaxshi ko‘rardilar. Payg‘ambarimiz asalni yaxshi ko‘rar, boshqalarni ham bu totli ne’matdan yeyishga, u bilan davolanishga chaqirardilar. Mutaxassislar iliq suvda eritilgan asalga Qur’on oyatlarini o‘qib dam solib ichishni tavsiya etishgan. Ayniqsa, erta tongda ichilsa, natijasi yaxshi bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Kimda-kim har oyda uch marta, nahorda (och qoringa) asal yalasa, kasallikning kattasi unga yaqin yo‘lamaydi”. Manbalar asosida Sayyid Muhiddin maxdum o’rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs talabasi: Salimov Saidakbar tayyorladi.