Bilim yurtida qishki oʻquv seminarlari bo`lib o`tmoqda

0
31

Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari uchun qishki taʼtil muddati 2022 yilning 26-dekabridan 2023 yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

Qishki taʼtil davomida professor- oʻqituvchilar va xodimlar uchun «Taʼlim sifatini oshirish, samarali oʻquv metodlarini oʻzlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari» mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarning birinchi kunida kelgusida «Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom bilim yurti oldida turgan dolzarb masalalar, yechimlar va istiqbolli rejalar» mavzusida bilim yurti mudiri R.Mahmudov maʼruza qildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilli birinchi oʻrinbosari M. Mo‘minov hozirgi kundagi zamonaviy fatvolar va ularga doir masalalar haqida ma’ruza qildi.

Seminar davomida bilim yurti shifokori D.Raximov talaba yoshlarda oʻqish va yashash sharoitlarini yaxshilashda shaxsiy gigiyeniyaning o‘rni haqida gapirdi.

Bilim yurti matbuot xizmati.

Load More In ЯНГИЛИКЛАР