Bugun ta’lim muassasamizda 1-kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

0
182

#Yangiliklar
#Talabalar

Bugun ta’lim muassasamizda 1-kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Nodirbek domla Jamolov, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘limi uslubchisi Fazliddin domla Nizomov hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi, «Quroni karim va tajvid» fani mudarrisi Baxtiyor domla Abdunazarov suhbat olib bordilar.

📌 Suhbat davomida talabalarga ta’lim muassasasining tuzilmasi haqida ma’lumot berildi. Unda:

Mudir va uning o‘rinbosarlari
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi
O‘quv-uslubiy bo‘lim
Axborot-resurs markazi (kutubxona)
Mudarrislar (o‘qituvchilar)
Xodimlar
Talabalar turar joyi
Oshxona va boshqa xizmat ko‘rsatish bo‘limlari
kabi tarkibiy qismlar haqida tushuntirish berildi.
Ushbu suhbat yangi kelgan talabalar uchun muassasamiz hayoti, imkoniyatlari va ichki tartibini yaqindan bilishlariga xizmat qildi.

 

Load More In MАЪНАВИЯТ РУКНИ