ЯНГИЛИКЛАР Diniy soha xodimlari bilan uchrashuv 6 мая, 2024 0 339 Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Yurtimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va diniy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Bilim yurti mudiri R.Mahmudov — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.Mamadqulov, — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Diniy-ma’rifiy tashkilotlar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma bosh mutaxassisi Z.Sultonov, — Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari R.Arziyev, — O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom hatibi M.Alimov, — ta’lim muassasasi mudarrislari va talabalari ishtirok etdilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi M.Alimov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilish qatnashchilariga davra suhbatida ishtirok etayotgan mehmonlarni tanishtirdi. Shundan so‘ng M.Alimov yurtimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, ushbu masalalar bo‘yicha bilim yurtida tahsil olayotgan talaba yoshlar oldida turgan vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. Notiq o‘z so‘zi davomida yurtimizda hozirgi kunda barcha sohalar qatori diniy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar davom etayotganligi, jumladan, so‘nggi yillarda o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari soni 10 taga, oliy diniy ta’lim muassasalari soni esa 3 taga yetkazilganligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “Diniy ma’ifiy sohani tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari hamda ilmiy maktablari huzurida tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari soni hozirgi kunda 28 ta joyda faoliyat olib borayotganligini ta’kidladi. Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Diniy-ma’rifiy tashkilotlar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Z.Sultonov so‘zga chiqib, bilim yurtida tahsil olayotgan talaba yoshlarning ilm olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanligini bildirib o‘tdi. Notiq o‘z so‘zida hozirgi kunda zamon shiddat bilan rivojlanayotganligi, talaba yoshlarning, xususan, bitiruvchilarning oldidagi asosiy vazifasi ilm olib, ushbu ilmni sof xolatda xizmat davomida xalqqa yetkazish ekanligini yana bir bor eslatib o‘tdi. Z.Sultonov o‘z so‘zini davom ettirar ekan, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar tobora rivojlanayotganligi, undagi bo‘layotgan turli voqea-hodisalar yurt tinchligi va xalq osoyishtaligiga xavf tug‘dirishi, uni oldini olish esa shu yurtda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning, xususan, soha xodimlarining burchi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Notiq o‘z nutqi davomida hozirgi kunda musulmon mamlakatlari dunyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, ekstremizm va terrorizmning xavfi, uni oldini olish bo‘yicha soha xodimlari oldida turgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi, hamda bu borada ta’lim muassasasi mudarris va talabalari oldida turgan dolzarb vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. Kun tartbidagi navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.Mamadqulov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Kontitutsiyasining yangi tahriridagi 1-moddasining birinchi qismi, ya’ni, “O‘zbekiston – boshqaruvning Respublika shakliga egan bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” qismiga to‘xtalib o‘tib, uning mazmun-mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tdi. D.Mamatqulov o‘z so‘zi davomida hozirgi kunda yurtimizda barcha sohalar qatori, diniy sohada, ayniqsa diniy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar nihoyatda keng ko‘lamda, ayniqsa, davlat rahbari darajasida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi. Jumladan, Toshkent islom institutida 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab magistratura, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab esa doktorantura yo‘nalishlari tashkil qilinayotganligi ma’lum qilib, bu islohotlar zamirida avvalambor inson manfaatlari yotganligini yig‘ilganlarga yana bir bor eslatib o‘tdi. Ma’ruzachi o‘zining nutqida hozirgi davrda islom dini niqobi ostida amalga oshirilayotgan salbiy jarayonlar, ularning mohiyati, oldini olish yo‘llari va bu borada diniy soha xodimlari – imom xatiblar, mudarris va talabalar oldidagi dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida bilim yurtida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.