Dunyo va oxirat zavoli

0
250

Kashandalikning esa bir qancha zararlari bor. Avvalo, yuqorida aytilganidek, chekuvchining o‘ziga zarar.
Tamaki tutunining tarkibida to‘rt mingga yaqin modda bo‘lib, hammasi inson salomatligini yemiruvchi ekani tibbiy tajribalarda sobit bo‘lgan. U qon tarkibini va aylanishini buzadi, tomirlarni qotiradi. Nosning zarari ham tutunnikidan kam emas. Shuningdek, kashanda sog‘lig‘i bilan birga vaqtini ham yo‘qotadi. Har kuni o‘rtacha bir quti tamaki chekish bir yarim soat umrni shamolga sovurdi, degan gap. Bu hisob umumiylashtirilsa, bir yilda yigirma uch kunni, o‘n olti yilda esa to‘liq bir sanani tashkil etadi.
Tamakining oila muhitiga ziyoni, iqtisodiy va ijtimoiy zararlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Alloma Abdurahmon ibn Nosir Sa’diy «Hukmu shurbid-duxon» («Tamaki chekishning hukmi») asarida «O’zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 195-oyat); «O’zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta Alloh sizlarga rahmlidir» (Niso surasi, 29-oyat); «Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi» (Moida surasi, 5-oyat) oyatlariga suyanib sigaret chekishni harom, deganlar. Bunday hukmni boshqa fatvo kitoblaridan ham topish mumkin. «Fatovoi Tatarxoniya», «Fiqhi Kaydoniy» asarlarida nos, «Ajoibul muhimmat» kitobida esa sigaretning ham tahoratni ketkazishi bayon qilingan.
Xullasi kalom shuki, nosning ham, sigaretning ham iste’moli ulamolarimiz ijmosiga ko‘ra man qilingan.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi: Abdulhakim domla Sheraliyev tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР