Erkaklarga tegishli shar’iy hukmlar.

0
84

 

Muxtasarul viqoya kitobida erkaklarga hos masalalar bayoni quyidagicha kelgan:

Erkaklarga oltin va kumushdan yasalgan narsadan foydalanish halol emas. Faqatgina kumush uzuk, kumush kamar va kumush bilan ziynatlangan qilich taqishga ruxsat berilgan.

Erkak kishi ipakdan bo‘lgan kiyim kiymaydi. Biroq yamoq solish, belgi qo‘yish kabilar uchun to‘rt barmoq miqdorichasiga ruxsat bor. Ostiga to‘shab yoki yostiq qilib yotish ham mumkin.

Gazlamaning arqog‘i ipakdan, o‘rishi boshqa narsadan bo‘lsa, undan erkak kishining ham foydalanishiga ruxsat bor. Agar aksincha bo‘lsa, ipak salobatli va pishiq bo‘lgani uchun faqat urushda foydalanishga ruxsat berilgan.

Erkak erkakning, ayol kishi esa ayol va erkakning kindigi bilan tizzasi orasidan boshqa yog‘iga nazar solsa bo‘ladi.

Erkak kishi o‘ziga mahram bo‘lgan ayollarning va o‘zgalar cho‘risining tanasining orqa va qorin tarafi hamda sonidan boshqa eriga nazar solishi mumkin bunga yuz, qo‘l, soch, tomoq, oyoq, bilak va boldir kiradi.

Erkak kishi, shahvat xavfi bo‘lmasa, begona ayolning yuziga va ikki kaftiga nazar solishi mumkin.

Manbalar asosida «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi Sattorov Oybek domla tayyorladi

Load More In МАҚОЛАЛАР