HADYA ULASHISH SUNNATI

0
225

#Sunnatlarning_fazilati

13-Sunnat

HADYA ULASHISH SUNNATI

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ajib sunnatlaridan biri hadya ulashish sunnatidir. U odamlar o‘rtasida mehr-muhabbatni paydo qiladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Uzarо hadyalashinglar, bir-biringizga uzaro muhabbatli bo‘lasizlar” (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oddiy bo‘lsa-da, hadyani qabul qilar edilar.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamga o‘ziga sadaqa qilingan go‘shtni hadya qildi. Shunda zot:
‘(Go‘sht) unga sadaqa, biz uchun esa hadyadir’, dedilar” (Imom Muslim rivoyati).

Sunnati nabaviyada bu kabi holatlar juda ko‘p uchraydi.
Siz ham ushbu sunnatni ortiqcha molingizdan kichik bir kitob, gul, ovqat, qalam yoki ruchka sotib olish bilan ham amalga oshirishingiz mumkin. Hadya ulashishni ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, aka-ukangiz, do‘stlaringiz yoki qo‘shnilaringiz o‘rtasida tatbiq etsangiz bo‘ladi.

Shiorimiz — Alloh taoloning ushbu so‘zini unutmang:
«Agar unga itoat etsangiz, hidoyat topursiz» (Nur surasi, 54-oyat).

  • АГАР АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСА…

    АГАР АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСА… Довуд алайҳиссалом Аллоҳ таолонинг ҳузуридаги савоблар тортил…
  • Ishonch

    Bir kishi tuyasini sotdi. Sotib olganlar tuyani kushxonaga so‘ygani olib borishdi. Tuya ku…
  • Yurakni pok tutish – iymon alomatidir

    #Maqola Islom dinida inson faqat ibodatlari bilan emas, balki ichki axloqi bilan ham yuksa…
Load More In ОДОБ