HALOLNI TALAB QILISH VA TAQVONING DARAJALARI(1-QISM)

0
19

Alloh taolo: “Ey, payg’ambarlar! Pok taomlardan tanovul qilingiz va ezgu (ish) qilingiz! Albatta, Men qilayotgan ishlaringizni bilurman”, deb marhamat qildi. (Mo’minun surasi, 51-oyat). Harom narsalar yomon, yaxshi emasdir. Alloh azza va jalla pok taomlarni tanovul qilishni ibodatlar barobarida zikr qildi.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilarki: “Halol narsalarni talab qilish barcha musulmonlarga farzdan keyin (ya’ni, iymon keltirib, namoz o’qigandan keyin) farzdir”. (Tabaroniy va Bayhaqiylar taxrij qilganlar). U zot sollallohu alayhi va sallam yana aytadilarki: “Kim halol narsalarni qirq kun tanovul qiladigan bo’lsa, Alloh taolo uning qalbini nurlantirib, hikmat bulog’larini tilidan qalbiga joriy qilib qo’yadi”. (Abu Nuaym rivoyati). Boshqa rivoyatda: “Alloh taolo uni dunyoda zohid qilib qo’yadi”, deb kelgan. Yana bir rivoyatda esa, shunday deb marhamat qilinadi: “Alloh taoloning bir farishtasi har kecha “Baytul Maqdis”dan turib: “Kim harom qilingan narsalarni tanovul qilsa, uning nafl va farz namozlari qabul qilinmaydi” deb aytib turadi”. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki o’n dirhamga kiyim sotib olsa va uning bir dirhami harom bo’lsa, Alloh taolo ana shu kiyimida o’qigan namozlarini qabul qilmaydi” deganlar. (Imom Ahmad rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumo aytadilar: “Agar kamonga o’xshab namoz o’qib, qoziqga o’xshab ro’za tutsalaringiz, Alloh taolo sizlardan faqatgina yomonliklardan saqlovchi taqvo bilangina qabul qiladi” va yana aytdilarki: “Harom bo’lgan narsalarni tanovul qilish bilan ibodat qilish tezakni ustiga bino qurganga o’xshaydi”.

 

 

Imom G‘azzoliyning

 “Arbain fi usulid-din”

asaridan bilim yurti mudarrisi

Abdulhamid Aliyev tarjimasi

  • ЧУМОЛИДАН ИБРАТ ОЛСАК БЎЛМАЙДИМИ? (1-қисм)

      حَتَّى إِذَا أَتَوْا عَلَى وَادِي النَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌ يَا أَيُّهَا النَّمْلُ…
  • САЛИМ ҚАЛБ

    Бугунги кунимизда энг ноёб нарсалардан бири Қуръони Каримда келган салим қалбдир. Инсоннин…
  • ИЛМ ТАҚВОДОРЛАРГА БEРИЛАДИ.

    “Илм” – луғатда «идрок қилиш» маъносини билдиради. Истилоҳда эса нарсаларни воқеликда қанд…
Load More In МАҚОЛАЛАР