МАҚОЛАЛАР Imon Dorimiyning hayoti va ijodi (7-qism) 14 октября, 2022 0 147 Movarounnahr hadis ilmi rivojida Imom Dorimiyning yaqin safdoshi Abu Muhammad Abdulhamid ibn Humayd ibn Nasr alKissiy. “Abd ibn Humayd” nomi bilan mashhur bo‘lgan muhaddis ham katta o‘rin tutadi. Manbalarda uning hayoti va ilmiy faoliyati haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Olim “al-Musnad alkabir”, “at-Tafsir”, “as-Sulosiyyot” kabi asarlar muallifi bo‘lib, u 55 dan ortiq shayxlardan hadis rivoyat qilgan. Eng mashhur ustozi Yazid ibn Horun, Abdurazzoq ibn Humom as-San’oniydir. Sharqshunos tadqiqotchi S.Prozorov uni “… asli Bag‘dodlik, Keshda muhaddis”, u Imom al-Buxoriyning ustozi bo‘lib, kunlarini asjidda ibodat bilan o‘tkazib, faqat tunda uni tark etishini tib, o‘ta taqvodor bo‘lganligini qayd etib o‘tadi. Abd ibn Humaydning Movarounnahr va Xurosonning turli shaharlaridan chiqqan ko‘p shogirdlari bo‘lib, eng mashhur shogirlari Imom Muslim — 372 ta hamda Imom at-Termiziy — 180 ta, shuningdek, Imom al-Buxoriy ham undan bir necha hadis rivoyat qilgan. Imom al-Buxoriy “Sahih’’ida undan bevosita hadis rivoyat qilmagan bo‘lsa-da, 3318-raqamli hadisini boshqa isnod bilan Abd ibn Humayd rivoyat qilganligini aytib o‘tadi. Najmiddin Umar anNasafiy Imom al-Buxoriy “Tarix al-kabir” asarida Abd ibn Humayd haqida eslatib o‘tib, undan hadis rivoyat qilganligini qayd etadi. Olim Imom Dorimiy bilan birga Samarqand qozisi (825-833) Abu Hafs Umar ibn Hafs ibn Salm al-Fizoriy as-Samarqandiyning kitoblarini tasnif qilinishiga boshchilik qilgan. Shuningdek, har ikki muhaddis ham aynan bir ustozlardan hadislar tinglab, bir xil shogirdlarga hadislar rivoyat qilganlar. Demak, Imom Dorimiy va Abd ibn Humayd yaqindan tanish, hamfikr bo‘lganlar. Imom Dorimiy Samarqandda, Abd ibn Humayd Keshda hadis ilmining rivojiga katta hissa qo‘shganlar. Nasafiy bergan ma’lumotiga ko‘ra, Abd ibn Humaydning o‘g‘li Muhammadning aytishicha, Qutayba ibn Sa’id: “Agar Termizga borsangiz, Ahmad ibn al-Hasandan, Keshga borsangiz Abd ibn Humayddan, Samarqandga borsangiz Abdulloh ibn Abdurahmondan, Shoshda bo‘lsangiz Abdulloh ibn Abu Arobadan hadis tinglanglar!”, deb aytgan. Shu ma’lumotdan ham muhaddislarning mavqelari naqadar yuksak darajada bo‘lganligini anglash mumkin. Imom Dorimiydan keyin o‘tgan ko‘plab muhaddislar o‘zlaridan avval yashagan mashhur muhaddislarning asarlarini to‘liq yod olib, ularni rivoyat qilishlari bilan tanilganlar. Hadis to‘plamlari orasida asosan Imom al-Buxoriyning “al-Komi” as-sahih»i, Imom taniyning “Sunan’’i hamda Abd ibn Humaydning “Musnadi va uning “Muntaxab” asari alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Shamsiddinn az-Zaxabiy “Islom tarixi” asarida keltirishicha, Abu al-Vaqt Abdulavval ibn Iso as-Sijriy Imom al-Buxoriyning “Sahih”i. Imom Dorimiyning “Musnadi, Abd ibn Humaydning “Muntaxabi, Imom Shofe’iyning “Musnad”ini rivoyat qilganligi bilan shuhrat qozongan. Abu Sa’d as-Sam’oniy hirotlik Abdulloh ibn Ahmad as-Saraxsiyning Movarounnahr shaharlari bo‘ylab safar qilganligi hamda Foryob shahrida Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Firyobiydan sahih rivoyatlarni, Samarqandda Abu Umar al-Abbos ibn Umar as-Samarqandiydan Imom Dorimiy hadislarini, Xarashkatdan Abu Is’hoq Ibrohim ibn Huzaym ash-Shoshiydan Abd ibn Hamid al-Keshshiyning hadislarini eshitganligi haqidagi ma’lumotlarni keltiradi. Abd ibn Humaydning “Muntaxab’’i Mustafo al-Adaviy tomonidan tadqiq qilinib, 3 jildda nashr etilgan. Manbalarda Imom Dorimiy o‘z davrida ko‘plab shogirdlar tarbiyalaganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Ular nafaqat Movarounnahr, balki butun islom olamida ko‘zga ko‘ringan olimlar bo‘lib, uz mamlakatlari ma’naviy taraqqiyotida katta o‘rin tutganlar. Imom Dorimiydan hadis rivoyat qilgan muhaddislarni 2 guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga ustozlari, tengdoshlari, mashhur hadis amlari mualliflari — Muhammad ibn Bashshor Bundor, Muxammad ibn Yahyo az-Zuxliy, Xasan ibn Sabboh al-Bazzor az-Zuhliy (vaf. 863 y.), Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom at-Termiziy, Imom Nasaiy, Abu Dovud, Abu Bakr Ja’far ibn Muhammad ibn alHasan al-Firyobiy (vaf. 914 y.), Abu Zur’a Dimashqiy (vaf. 894 y.), Abu Hotam Umar ibn Muhammad Bujayriy kabi buyuk muhaddislar kiradilar. Davomi bor Manbalar asosida «Sayyid Muhyiddin maxdum»o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Muslimbek domla Yo’lchiboyev tayyorladi