“INSOF” DAFTARI

0
43

“Iqtisod tili bilan aytganda harid qilish quvvati oʻrtahol oilada yashaganman”, deya soʻzini boshladi doʻstim. Kollejni tamomlab, Toshkentda oliygohda oʻqidim. Keyin qishlogʻimga qaytib bir doʻkon ochdim. Har olib kelgan tovarlarimni narxlari va foydalarini qayd qilib, yozib borardim. Bir necha oyda ishlarim yurishib ancha foydaga kirgandek edim.

Ishlarimga qiziqib doʻkonga otam ham keladigan boʻldi. Bir kuni doʻkonga kechroq kelsam, dadam bir kishiga tovarni oʻz narxida sotyaptilar. Bunday holat koʻp takrorlandi. Gapiray  desam dunyoga kelishimga sababchi boʻlgan otam. Gapirmay desam foydadan koʻra zararga sotish koʻpayib borar edi. Oy oxirlaganda hisob-kitob daftarini oldim-da, otamning yoniga borib hisoblay ketdim.

— Ota shu bir oy ichida bu narsalarni bunchadan sotdik. Lekin mening hisob kitobimdan buncha kam, dedim. Buning sababi  koʻp mahsulotlarni oʻz narxiga yoki arzonroq narxga berib yuborganingiz, dedim.

Shunda dadam menga zamonlar oʻtsada xotiramdam oʻchmaydigan qalbim tubida oʻchib turgan bir narsani oʻchmas holatga keltirgan darsni berdi.

Biroz sukut qildilarda: “Endi menga insof daftaringni olib kel”, dedilar.

Boshida dadamning  savollarini tushunmadim.

  • “Oʻgʻlim ertalabdan kechgacha terlab-pishib mana bu dunyoda qoladigan hisob daftaringni toʻldiryapsan. Lekin oxiratingga ozuqa boʻladigan insof daftaringni, ehson daftaringni, muruvvat daftaringni, boshqalarga manfaat beradigan daftaringni qachon toʻldirasan”, — dedilar.

Men nihoyatda taʼsirlandim. Otamdam uzr soʻradim.Doʻkonga boshqacha nigoh tashlaydigan boʻldim. Haqiqatda, doʻkonimizga turli xil odamlar kirar edi. Ularning ichida nochori ham, ehtiyojmandi ham, yordamga muhtoji ham bor edi. Otam menga bir umrga yetadigan darsni bergan edilar. Endi men hisob-kitob daftari bilan birga “insof daftari”mni ham nochorlarga yordam berib, ehtiyojmandlarga ko‘maklashib toʻldirib borishga azm-u qaror qilgan edim. Sizchi, doʻstim?! Siz ham qaysi sohada faoliyat yuritishingizdan qat’iy nazar, “oxirat daftari”ngizni toʻldirib borayapsizmi?

 

Oqqa koʻchiruvchi:

“Sayyid Muhyiddin maxdum”

o‘rta maxsus islom bilim yurti

 mudarrisi Sobirjonov Oybek

Load More In МАҚОЛАЛАР