МАҚОЛАЛАР ISHLARNI PUXTA BAJARISH – IMONNING BELGISI 5 декабря, 2025 0 161 #IshniPuxtaBajarish #Masuliyat Ummul-mo‘minin Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Albatta Alloh sizlardan biri biror ish qilsa, uni puxta bajarishini yaxshi ko‘radi.” Bu hadis musulmon hayotining eng muhim tamoyillaridan birini o‘rgatadi: Ishni shunchaki bajarish emas, balki uni eng yaxshi tarzda ado etish. “Puxta bajarish” – ibodatning bir qismi Islom faqat namoz, ro‘za va duo emas. Ishni halol, to‘g‘ri, mas’uliyat bilan bajarish ham ibodatdir. Bir ishga qo‘l urgan musulmon shunday o‘ylashi kerak: “Bu ish mening ismi bilan bog‘lanadi.” “Bu mehnat mening imonimni ko‘rsatadi.” “Alloh mendan sifat va halollikni talab qiladi.” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “qulluqning go‘zalligi — ishlarda itqon, ya’ni puxtalikka rioya qilishdir” deb o‘rgatganlar. Puxtalik – jamiyatning rivoji Ishni chala qilish yoki mas’uliyatsiz yondashish jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladi. O‘qituvchi darsni puxta qilmasa — yoshlar ziyon ko‘radi. Shifokor loqayd bo‘lsa — tirik jonlar xavf ostida qoladi. Quruvchi mas’uliyatsiz bo‘lsa — uylar qulaydi. Xodim ishlamasdan oylik olsa — davlat pasayadi. Shuning uchun itqon — har bir jamiyatning poydevoridir. Mo‘minning sifati – sifat Mo‘min shoshilinch, beparvo yoki chala-lo‘nda bo‘lishi mumkin emas. U: o‘z vaqtida keladi, ishni belgilangan muddatda tugatadi, halol bo‘ladi, natija uchun mas’uliyatni zimmasiga oladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari ham har bir ishda tartib, tozalik va mukammallikni talab qilganlar. Ta’lim muassasasi Direktor kotibi Obidov Jaxongir