ISLOM – ILM DINI

0
85

Islom – ilm dini. Uning barcha ahkomlari ulkan ilm-u hikmatni o’zida mujassam etadi. Qur’oni karimning ilk nozil bo’lgan oyatida Alloh taoloning “O’qi!” deya xitob qilganligi ham ilmning islomda qay darajada muhim o’rin egallashini yana bir karra isbotlaydi. O’zidan keyin keladigan barcha valiylarning ruhiy tarbiyasi topshirilgan orif zot bo’lmish Abdulqodir Jiyloniy hazratlari o’zining “Al-g’unya litolibi toriqil-haq” kitoblarida ilmning fazilati haqida so’z yuritib, shayton qanchadan-qancha valiylarni ilmsizlik, johillik sabab yo’ldan ozdirib yuborganini, har qanday insonga, hatto, avliyoga ham nafaqat tariqat, balki shariat ilmi ham zarur ekanini ta’kidlab o’tadi. Islomda ilm ikkiga bo’linadi. Lekin ko’pchilikning tasnifidagi diniy va dunyoviyga emas, balki foydali va zararliga ajratiladi. Mazkur tasnifni chuqurroq tushunish uchun zamonamizning buyuk muhaddis allomalaridan hisoblangan Muhammad Avvoma hazratlarining quyidagi fikrlarini zikr qilish o’rinli bo’ladi: “Qur’oni karim va hadisi sharifda mukarram va sharafli qilingan ilm, bu o’z sohibini Alloh taologa yo’llaydigan va yaqinlashtiradigan ilmdir. Garchi, u dunyoviy fan sohasiga oid ilmlardan bo’lsa ham. Alloh taologa yaqinlashtirmaydigan ilm dinimizda maqtalmaydigan va sharaflanmaydigan ilmdir. Garchi, u Qur’oni karim va hadisi sharifga  taalluqli ilm bo’lsa ham”.

Demak, mazkur fikrdan ilmning foydali yoki aksincha bo’lishi o’z sohibini Alloh taologa yaqinlashtirishi, Uning qudratini yanada teranroq his qilishga olib kelishi nuqtai nazaridan bo’lishini xulosa qilish mumkin.

 

Abdulloh G‘ulomov,

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o’rta maxsus islom bilim yurti

 ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari

Load More In МАҚОЛАЛАР