ISLOM SVILIZATSIYASINING AHAMIYATI

0
630

Islomiy ta’limot Alloh taologa U zotni bir deb iymon keltirishga asoslanadi. Yer yuzida yashab o’tgan ummatlarning eng afzali musulmonlardir. Qur’oni Karimda Alloh taolo marhamat qiladiki: “Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo’ldingiz. Amri ma’ruf qilasiz, nahyi munkar qilasiz va Allohga iymon keltirasiz”. Mana shu fazilatga qo’shimcha tarzda asl islomiy ta’limot faoliyati butun insoniyat qarashlariga har bir faoliyati borasida yangilik taqdim qildi. Bu asl ta’limot esa Qur’oni Karim va sunnatga, shuningdek, Islom dinining inson zotiga va uni ikrom qilishga bo’lgan qarashiga suyanadi. Yer yuzidagi hech bir ummat musulmonlarning arab va musulmonlar huzurida ilm-fan gullab yashnagan asrlar mobaynida bashariyat rivoji uchun qo’shgan ulushidek ulush qo’sha olmadilar va arab tili dunyoning turli tarafidagi madaniylashgan davlatlarning barchasida bir necha asrlar ilm-fan, odob va fikriy rivojlaninsh tili bo’lib qoldi.

Musulmonlarning Qur’oni Karimni, payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini va mana shu ma’rifatning aslini bilishga, tanishlikka bo’lgan ehtiyojlari paydo bo’lgach, tafsir, siyrat va “ilmul rijol” kabi ilmlar yuzaga keldi. Shuningdek, shariatning asllarini tushunishga bo’lgan hojatlari paydo bo’lgach, fiqh va usulul fiqh ilmlari yuzaga keldi. Shu bilan birga musulmonlar butun borliqga undan foydalanishlari  va obod qilishlari uchun nigohlarini qaratdilar, natijada esa riyoziyot (matematika), falakiyot (astronomiya) va kimyo kabi tabiiy va aniq fanlarga bo’lgan e’tibor namoyon bo’ldi.

Hozirgi zamonaviy sivilizatsiya o’zi erishgan kashfiyot va ixtirolari evaziga qarzdor xisoblanadigan tajribaviy ilmlarning dasturiy yo’li musulmonlarning qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlaridan biri hisoblanadi. Qadimiy svilizatsiyalar xususan musulmonlar boshqalardan ko’ra ko’proq bilgan “Yunon svilizatsiyasi” esa tajribaviy yo’ldan uzoq bo’lgan va uni past sanagan va faqatgina nazariy ta’lim bilangina shug’ullangan. Riyoziyot (matematika) va falakiyot (astronomiya) ilmlari musulmon ulamolar diqqatlarini qaratgan ilmlarning avvalgilaridan bo’ldi. Xatto  falakiyot (astronomiya) ilmiga bo’lgan qiziqish olimlardan xalifalar, amirlar va sultonlarga ham o’tdi.

Riyoziyot (matematika) ilmi borasida musulmon ulamolar xisob (arifmetika), jabr (algebra) va muhandislik ilmlari uchun asosiy tamoyillardan hisoblangan ko’plab kashfiyotlar qildilar. Aljabr (algebra) — ko’pchilik fikriga ko’ra – musulmonlarning ixtirolaridan sanaladi. Shuningdek, hozir ham foydalaniladigan raqamlar va sanash tartibi ham islomiy ixtirodir. Musulmonlarning riyoziyot (matematika) borasida qo’shgan ulushlari xususan “sifr” (nol) haqida gapirar ekanmiz “Bayt ul-Hikma” raisi al-Xorazmiyni unuta olmaymiz. Al-jabr (algebra) borasida u zot qanday ham katta ulush qo’shganlar-a?!  Keyinchalik qachonki musulmonlardan boshqalar falakiyot (astronomiya) va riyoziyot (matematika) ilmlari borasida rivojlangach, musulmonlar fizika ilmini kashf qildilar. Shubha yo’qki, Ibn ul-Hayshamning basoriyyaat (optika) kitobi ilmning bu tarmog’idagi musulmon ulamolar qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarning eng muhimlaridan sanaladi va shu bilan birga zamonaviy nur va optika ilmining boshlanishi ham hisoblanadi. Shuningdek musulmonlarning bu ilm borasidagi faoliyat va qoldirgan izlariga xatto hozirgi kunda ham bu ilmda ishlatiladigan iste’lohlarning asl arabiy holda ekanligi ham dalolat qiladi. Ishlab chiqarish sohasida esa juda ham foydali bo’lgan ixtirolardan: porox tuzi, paxta,zig’ir va latta qog’oz ishlab chiqarish hisoblanadi.

Tibbiyotga kelsak shoyadki bu musulmonlarning inson zotiga va uning jamiyki talablariga bo’lgan e’tiboriga dalolatlardan biri bo’lsa. Musulmon shifokorlarning tibbiy ta’lim borasida va g’arbdagi davolash muolajalari borasida yetuk xizmatlari bor. Tahqiq Roziy, Ibn Sino va Ibn Zuhr kabi olimlarning ta’lif etgan kitoblari yevropa oliygohlarida bir necha asr tibbiy ta’limning asosi bo’lib xizmat qildi. Ibn Sinoga kelsak, aniqki o’z zamonasida dunyo tanigan tabiblarning eng buyugi edi. U zotning “Tib qonunlari” kitobi Italiya va Fransiya oliygohlarida naqd olti asr davomida foydalanildi. Ya’ni milodiy o’n ikkinchi asrdan milodiy o’n sakkizinchi asrgacha.

Jug’rofiy (geografik) ta’limga kelsak, musulmonlar bu borada ham yorqin namoyon bo’ldilar. Ma’mun zamonida al-Xorazmiy va uning yordamchilari osmon va yer xaritasini tuzdilar va yer sharini o’lchashga muvaffaq bo’ldilar. So’ngra Idriysiy osmon sferasi va dunyo xaritasini ishlab chiqdi. Uning muvaffaqiyatlarining eng ko’zga ko’ringanlaridan yana biri Nil daryosining xaritasini tuzganligidir.

 

Tarjimon:

Sayyid Muhyiddin Maxdum

o’rta maxsus Islom bilim yurti talabasi

Isomiddinov Muhammadali

Load More In МАҚОЛАЛАР