МАҚОЛАЛАР ISLOM VA IYMON BIRMI? 9 августа, 2022 0 166 Bu borada ulamolar turli xil fikr bildirishgan. Islom va iymon birdir. Chunki islom bu – shar’iy hukmlarni qabul qilish va ularga bo’ysunishdir. Iymon ham bundan boshqa narsa emas. Bunga quyidagilarni dalil qiladilar: فَأَخْرَجْنَا مَنْ كَانَ فِيهَا مِنَ الْمُؤْمِنِينَ (۳۵) فَمَا وَجَدْنَا فِيهَا غَيْرَ بَيْتٍ مِنَ الْمُسْلِمِينَ “Va Biz u joydan mo’minlarni chiqardik. U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik”. Shu bilan birga biror kishidan musulmon bo’lmay turib mo’min bo’lmoqligi, yoki mo’min bo’lmay turib musulmon bo’lmoqligi qabul qilinmaydi. Iymon va islom boshqa-boshqadir. Bunga quyidagilarni dalil qiladilar: قَالَتِ الْأَعْرَابُ آمَنَّا قُلْ لَمْ تُؤْمِنُوا وَلَكِنْ قُولُوا أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ الْإِيمَانُ فِي قُلُوبِكُمْ وَإِنْ تُطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ لَا يَلِتْكُمْ مِنْ أَعْمَالِكُمْ شَيْئًا إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ “A’robiylar, iymon keltirdik, dedilar. Sen: «Iymon keltirganingiz yo’q, lekin bo’yinsundik denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yo’q va agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, amallaringizdan hech narsa kamimas. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahmli zotdir», deb ayt.” . Alloh bu yerda ulardan iymonni nafiy qildi va ularga islomni sobit qildi. Bunga ko’ra iymon va islom boshqa-boshqadir. «عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ قَالَ بَيْنَمَا نَحْنُ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَاتَ يَوْمٍ إِذْ طَلَعَ عَلَيْنَا رَجُلٌ شَدِيدُ بَيَاضِ الثِّيَابِ شَدِيدُ سَوَادِ الشَّعَرِ لَا يُرَى عَلَيْهِ أَثَرُ السَّفَرِ وَ لَا يَعْرِفُهُ مِنَّا أَحَدٌ حَتَّى جَلَسَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ فَأَسْنَدَ رُكْبَتَيْهِ إِلَى رُكْبَتَيْهِ وَ وَضَعَ كَفَّيْهِ عَلَى فَخِذَيْهِ وَ قَالَ يَا مُحَمَّدُ أَخْبِرْنِي عَنْ الْإِسْلَامِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْإِسْلَامُ أَنْ تَشْهَدَ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَ تُقِيمَ الصَّلَاةَ وَ تُؤْتِيَ الزَّكَاةَ وَ تَصُومَ رَمَضَانَ وَ تَحُجَّ الْبَيْتَ إِنْ اسْتَطَعْتَ إِلَيْهِ سَبِيلًا قَالَ صَدَقْتَ قَالَ فَعَجِبْنَا لَهُ يَسْأَلُهُ وَ يُصَدِّقُهُ قَالَ فَأَخْبِرْنِي عَنْ الْإِيمَانِ قَالَ أَنْ تُؤْمِنَ بِاللَّهِ وَ مَلَائِكَتِهِ وَ كُتُبِهِ وَ رُسُلِهِ وَ الْيَوْمِ الْآخِرِ وَ تُؤْمِنَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَ شَرِّهِ قَالَ صَدَقْتَ قَالَ فَأَخْبِرْنِي عَنْ الْإِحْسَانِ قَالَ أَنْ تَعْبُدَ اللَّهَ كَأَنَّكَ تَرَاهُ فَإِنْ لَمْ تَكُنْ تَرَاهُ فَإِنَّهُ يَرَاكَ قَالَ فَأَخْبِرْنِي عَنْ السَّاعَةِ قَالَ مَا الْمَسْئُولُ عَنْهَا بِأَعْلَمَ مِنْ السَّائِلِ قَالَ فَأَخْبِرْنِي عَنْ أَمَارَتِهَا قَالَ أَنْ تَلِدَ الْأَمَةُ رَبَّتَهَا وَ أَنْ تَرَى الْحُفَاةَ الْعُرَاةَ الْعَالَةَ رِعَاءَ الشَّاءِ يَتَطَاوَلُونَ فِي الْبُنْيَانِ قَالَ ثُمَّ انْطَلَقَ فَلَبِثْتُ مَلِيًّا ثُمَّ قَالَ لِي يَا عُمَرُ أَتَدْرِي مَنْ السَّائِلُ قُلْتُ اللَّهُ وَ رَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ فَإِنَّهُ جِبْرِيلُ أَتَاكُمْ يُعَلِّمُكُمْ دِينَكُمْ» Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Birdan ustimizda oppoq kiyimli, sochlari qop-qora odam paydo bo‘ldi. Unda safarning asari ko‘rinmas edi. Uni birortamiz tanimas ham edik. U kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to‘g‘rilariga o‘tirdi. Ikki tizzasini u zotning ikki tizzalariga tiradi. Ikki kaftini sonlari ustiga qo‘ydi va: «Ey Muhammad, menga Islom haqida xabar ber»,– dedi. SHunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom «Laa ilaaha illallohu Muhammadur Rasululloh», deb shahodat keltirmog‘ing, namozni to‘kis ado qilmog‘ing, zakot bermog‘ing, Ramazon ro‘zasini tutmog‘ing, agar yo‘lga qodir bo‘lsang, Baytni haj qilmog‘ing», – dedilar. «To‘g‘ri aytding», – dedi u. Biz undan ajablandik. O‘zi so‘raydi, o‘zi tasdiqlaydi. «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga va oxirat kuniga iymon keltirmog‘ing, yaxshiyu yomon qadarga iymon keltirmog‘ing», – dedilar. «Uning alomatlaridan xabar ber», – dedi. «Cho‘ri o‘z xojasini tug‘moqligi, yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al cho‘ponlarning bino qurishda bir-birlaridan o‘zishga urinishlarini ko‘rmog‘ing», – dedilar. So‘ngra u (qaytib) ketdi. Bas, birmuncha vaqt o‘tkazdim. So‘ngra u zot menga: «Ey Umar, so‘rovchi kimligini bildingmi?» – dedilar. «Alloh va Uning Rasuli biluvchidir», – dedim. «Albatta, u Jabroildir. Sizlarga diningizni o‘rgatgani kelibdi», – dedilar». Agar iymon va islom boshqa-boshqa bo’lmaganida har biridan alohida so’ramagan bo’lar edi. Shundan kelib chiqib islom va iymon boshqa boshqa narsalar ekani maʼlum boʻladi. Shu maʼnoda yuqoridagi oyatdan quyidagicha javob berish mumkin: a’robiylarda sobit bo’lgan islom bu lug’aviy islomdir, ya’ni zohiriy itoat. Ulardan nafiy qilingan iymon esa, botiniy itoat ma’nosida islomning muqobilida bo’lgan haqiqiy iymondir. Ushbu javobda uzoq ta’vil borligi maxfiy emas. Islom va iymon sinonim emas, balki ma’no jihatdan boshqa-boshqa, tasdiqlanadigan narsalar jihatidan esa ikkovining o’rtasida vajhiy umum va xusus bor. Chunki islom va iymon Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kabilarda topilaveradi, Ubay ibn Salul kabilarda faqat islom topiladi, Abu Tolib kabilarda esa faqat iymon topiladi. Baʼzi dalillar islom va iymon bir ekaniga, baʼzilari esa boshqa-boshqa narsalar ekaniga dalolat qilishidan kelib chiqib baʼzi ulamolarimiz quyidagi gapni aytganlar: الإسلام والإيمان إذا اجتمعا افترقا وإذا افترقا اجتمعا Islom va iymon qachon jamlansa ajraladi, ajralganda esa jamlanadi. Yani: Qaysi oʻrinda islom va iymon birga zikr qilinsa har ikkisi oʻzining xos maʼnosiga ega boʻladi. Alohida zikri kelganda esa har ikkisidan biri boshqasining maʼnosini ham ifodalab keladi. Bu holat islom va iymon soʻzlari matnlardan kelganda nima maʼno iroda qilinganini tuushunishimizga katta yordam beradi. Aslida islom va iymon soʻzlari sinonim emas, balki ma’no jihatdan boshqa-boshqa, tasdiqlanadigan narsalar jihatidan esa ikkovining o’rtasida vajhiy umum va xusus bor. Chunki islom va iymon Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kabilarda topilaveradi, Ubay ibn Salul kabilarda faqat islom topiladi, Abu Tolib kabilarda esa faqat iymon topiladi. Yuqoridagilardan xulosa qiladigan boʻlsak, iymon va islom baʼzan bir maʼnoda ishlatilinsa, baʼzan oʻzining xos maʼnosida kelgan boʻladi. Qaysi maʼnoda ekanini bilishimizning eng toʻgʻri yoʻli ulamolarimizning sharh va izohlariga murojaat qilish boʻladi. Alloh barchalarimizni iymon va islomda sobit qadam qilsin. Iqboljon Qambarov “Sayyid Muhyiddin maxdum” o`rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi