Istisno savdosi

0
300

Fiqh kitoblarimizda ko‘pincha “Istisno’” lafzi uchrab turadi. Jamiyatimizda istisno’ vositasidan foydalanmaydigan kishi bo‘lmasa kerak. Kunlik hayotimizda barchani tijoratning istisno’ turiga ihtiyoji bor. Shuning uchun, biz bu haqida bir oz so‘z yuritmoqchimiz.

Istisno’ lug‘atda bir odamni kasbi va hunaridan foydalanishga aytiladi, fiqh istilohida esa, hunarmand kishidan maxsus tarzda maxsus narsani yasab yoki qilib berishligini talab qilishni bildiradi, yoki “Hunarmand bilan mu’ayyan bir narsani yasab berishligini zimmasiga olishlik bitimi” deyiladi. Qadimda tijoratning bu suvrati juda sodda bo‘lib, uy asbob-anjomlari, taqinchoqlar, kiyim-kechak, oyoq kiyimlarini qilib berishga buyurtma berish bilan chegaralangan edi. Keyinchalik istisno’ taraqqiyotga uchrab, hozirgi kunimizga kelib tijoratning eng asosiy turlaridan biriga aylanib qoldi. Bu tijorat yo‘li orqali katta kemalar, samalyotlar, avto ulovlar, poezdlar va shu kabi qimmatbaho narsalarni buyurtma berishlik darajasiga ham yetdi. Hunarmand, sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi, duradgor, temirchi, poyafzal tikuvchi kabilarni “sone’” deyiladi. Xaridor buyurtmachini “mustasni’” deyiladi. Yasab berishga kelishilgan narsani “masenu’” deyiladi. Istisno’ bitimida, narxini avvaldan berib molni keyinchalik olishda salam savdosiga o‘xshaydi. Chunki, bunda ham bitm vaqtida yo‘q narsani savdo qilinadi. Yasab beriladigan narsa xunarmandni, sotuvchini zimmasiga yuklatiladi. Lekin bir necha jihatlardan salam savdosidan farq qiladi.

1-salam savdosida molni narxini bitm vaqtida sotuvchiga to‘laligicha berishligi shart. Molning narxini ba’zisi berilib, ba’zisi berilmay qolsa yoki umuman berilmasa salam savdosi joiz bo‘lmaydi.

2-salam savdosida molni qo‘lga olish muddati tayin qilingan bo‘lishligi kerak. Istisno’da esa bitmni durust bo‘lishi uchun bu narsa shart emas.

3-salam savdosida yetkazib berishligi kelishilingan mol kelishilinayotgan vaqtdan topshiradigan vaqtgacha bozorlarda topilishi shart. Istisno’da esa bu narsa shart emas.

Istisno’ bitimi ijaraga ham o‘xshab ketadi. Lekin ijarada yasab beriladigan narsa ijaraga oluvchining tarafidan bo‘ladi. Masalan, binoni qurish uchun qurilish mollari buyurtmachi tarafidan bo‘lib, ijaraga olingan kishi tarafidan mehnat bo‘ladi xolos. Istisno’da esa, buyurtma xom-ashyosi xunarmand tarafidan bo‘ladi. Hanafiy mazhabi ulamolari nazdlarida rojih qovl(quvvatlangan va qabul qilingan fikr) istisno’ «Bay’ un lil masnu’a»da hunarmandning amalini sotishlik emas, ikki tarafdan va’dalashuv ham emas, balki buyurtma olingan mu’ayyan narsani sotishlik hisoblanadi. Masalan, istisno’da buyurtmachi aytgan narsasi tayyor bo‘lganidan keyin uni ololmaslik sharoiti tug‘ilib qolsa, uning olmaslikka uzri o‘tmaydi.

Ta’lim muassasasi mudarrisi

Oybek domla Sottorov

Load More In FIQH