KERAKSIZNI TARK QILISH – IMONNING GO‘ZALLIGI

0
149

 

Inson hayotida eng muhim fazilatlardan biri – keraksiz narsalardan o‘zini tiyish, vaqtni, so‘zlarni va fikrni behuda sarflamaslikdir. Bu fazilat nafaqat inson axloqini go‘zal qiladi, balki jamiyatdagi tartib, hurmat va tinchlikning ham asosidir.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

“O‘ziga keraksiz narsani tark qilishi – kishining islomining go‘zalligidan.” (Termiziy)

Bu hadis insonning o‘zini nazorat qilishi, keraksiz suhbat, g‘iybat, bahs, vaqtni isrof qilish, foydasiz mashg‘ulotlardan yiroq turish – hammasi imonning go‘zalligidan ekani­ni bildiradi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda behuda vaqt o‘tkazish, keraksiz bahslarga kirishish, ziddiyatli mavzularga aralashish ana shuning teskarisidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan boshqa hadisi sharifda:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

“Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa – yaxshilikni gapirsin yoki sukut qilsin.” (Imomlar Arba’a rivoyati)

Bu hadis har bir musulmonning til tarbiyasiga oid eng muhim ko‘rsatmadir.

Aql bilan aytilgan bir og‘iz so‘z – yaxshilik bo‘lishi mumkin, ammo o‘ylamay aytilgan bir og‘iz so‘z – qalblarni sindiradi, munosabatlarni buzadi, hatto gunohga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqda ham aynan shu qoida amal qiladi:

Agar foydali bo‘lmasa, sukut – eng afzal javob.

Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Abdullo domla Rasulov 

Load More In МАҚОЛАЛАР