KONSTITUTSIYAMIZ – HUQUQ VA ERKINLIGIMIZ KAFOLATI

0
77

Bu yil Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga yigirma sakkiz yil toʻladi. Oʻtgan davr mobaynida Asosiy qonunimizning mustaqil, demokratik davlatimiz yuksalishi yoʻlida ahamiyati beqiyos, islohotlarimiz tub zamirida esa oʻz oʻrniga ega.

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining eʼtiborga molik jihati shundaki, u nafaqat demokratik va liberal normalarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan, balki milliy konstitutsiyalar tarixida noyob xususiyati bilan, aniqrogʻi, demokratik jarayonda, loyihasi ikki marotaba umumxalq muhokamasiga qoʻyilib qabul qilingani bilan ahamiyatlidir.

Bosh qomusimiz — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi. Inson  o‘z hayotini borliqqa, uning qonunlariga e’tibor bermay tashkil eta olmaydi. Shuning uchun o‘zini kashf qilishda, o‘rganishda, uning xususiyatlarini, me’yorini kengroq bilishga intiladi. Konstitutsiya atamasi qadimda siyosiy tuzum ma’nosini anglatgan. Konstitutsiya huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy xususiyati, taraqqiyotning bosh mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil yurtning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo‘lgan ikkinchi sessiyasida mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi. Bunda Mustaqillik Deklaratsiyasi va Bayonot asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qonun 17 moddadan iborat. Bu hujjatda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida qo‘ygan ilk qadamlarining huquqiy asosi yaratildi. O‘z mohiyatiga ko‘ra uni Muvaqqat Kichik Konstitutsiya deb ta’riflash mumkin. Mazkur qonunning yutug‘laridan biri birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etildi. Ushbu qonunda O‘zbekiston  Respublikasining barcha fuqarolari, millatidan qat’iy nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egaligi hamda ularning Respublika Konstitutsiyasi va Qonunlari himoyasida bo‘lishi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq, 11-sessiyasida (1992yil, 8-dekabr) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. U iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ma’naviy hayotda chuqur islohotlar o‘tkazish uchun puxta huquqiy poydevor yaratdi.

Qayd etish joizki, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar Konstitutsiyalari bilan raqobatlashadigan Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish masalaning bir jihati. Masalaning boshqa bir muhim tomoni, qabul qilingan hujjatni hayotimizga samarali tatbiq etishda namoyon bo‘ladi. Bu Konstitutsiyada ko‘zlagan maqsadlarimizning eng muhim shartidir.

Qadimdan huquqshunoslikda “huquq, qonun xushyor, ogoh, g‘ayratli odamlar uchun yoziladi, g‘aflatda qolganlar uchun emas. Kim huquqlaridan foydalanmasa, ko‘rgan zarari uchun o‘zi aybdor” degan qarashlar mavjud.

Shunday ekan, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda kafolatlangan huquqlardan har birimiz o‘z o‘rnida foydalana olsak, hamisha, har yerda huquqlarimiz ta’minlanishiga erishamiz.

 

Manbalar asosida:

 2-bosqich talabasi

 Yodgorov Husayn tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР