MA’NAVIY ILLAT

0
210

G’iybat-insonlar orasiga fitna soluvchi xatarli illat.
Alloh taolo o’zining Kalomida g’iybat qilishdan qat’iy qaytardi,. G’iybat qilgan kishini go’yo o’likning go’shtini yeganga o’xshatib, quyidagi oyatni nozil qildi: …va ba’zilaringiz ba’zilaringizni g’iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o’zining o’lgan birodarlarining go’shtini yeyishni yaxshi ko’rurmi?!
Ha, yo’mon ko’rasiz!( Bas, gunohi bundanda ortiq bo’lgan g’iybatni ham yo’mon ko’ringiz!) Allohdan qo’rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir”.(Hujurot surasi, 12-oyat)
Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ham, bu jirkanch illatdan ogohlantirib, shunday deganlar: “Kim musulmon birodarini ig’vo qilsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uning yuzini orqasiga o’girib qo’yadi”.
Shu ma’noda, kim musulmon birodarining nomiga dog’ tushirish maqsadida unni g’iybat bilan qiynasa, qiyomat kuni Alloh taolo uni Jahannam ko’prigi ustida turg’izib qo’yishi, bu banda qilgan g’iybatini qaytib olinmaguncha u o’sha joyda qolishidan xabar berganlar.
G’iybatning zararlari borasidagi hadislarni o’qir ekanmiz, g’iybat mo’min kishini qilgan solih amallarining kushandasi, ularni yo’qqa chiqaradigan ma’naviy dard ekanini anglab yetamiz…
Shunday ekan, o’zini musulmonman degan har bir shaxs, Alloh taolo va uning Rasuli alayhissalom qaytargan bunday chirkin ishlardan o’zini olib qochmog’i, boshqa bir musulmon birodarining shaxsiyati va obro’siga putr, qalbiga esa xafalik yetishiga olib boradigan, zararli illat -g’iybat qilish va unga aralashib qolishdan doimo chetda yurmog’i darkor.

Nodirbek Jamolov
Bilim yurti mudarrisi

Load More In МАҚОЛАЛАР