MADRASAM

0
535

О’tmoqdadir haftalar, kunlar,

O’z holimga o’zim achindim.

G’aflat uzra o’tmoqda tunlar,

Madrasam, seni sog’indim.

 

Eshtolmasman har tongda azon,

Sensiz ekan hayot chang-to’zon,

Chindan seni sogʻindim, ishon.

Madrasam, seni sogʻindim.

 

Bogʻlangandir senga bu qalblar,

Yelkam uzra bosadi dardlar,

Qadring bilmay qoʻygandik bizlar

Madrasam, seni sogʻindim.

 

Xarobadir ko’ngil koshonam,

Senla yorqin bu umr oynam,

Ketar bizdan qachon bu alam?

Madrasam, seni sogʻindim.

 

Barakotli edi senda vaqt,

Senla yashash ekan oliy baxt.

Qoʻymadimmi senga muhabbat.

Madrasam, seni sogʻindim.

 

Chorla bizni uchib boraylik,

Borimizdan kechib boraylik,

Dunyo toʻnin yechib boraylik,

Madrasam, seni sogʻindim.

Madrasam, seni SOGʻINDIK.

 

Muhammadali Latifjonov,

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o’rta maxsus

islom bilim yurti 3-bosqich talabasi

  • Муножот ва ибрат

    Кўринди бу кеча гулда муножот, Забони ҳол билан кечди мулоқот. Дедим: “Эй гул, нечун чеҳра…
  • Arab tilidagi afzallik

    E’rob (fleksiya) arab tilining o‘ziga xos bir belgilaridan biridir. Arab tilida  E’rob (fl…
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy

    Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) – Turkiston jadidchilik harakatining eng yetuk namoyandal…
Load More In АДАБИЁТ