Misvok

0
122

Islom— poklik dinidir. Shuning uchun musulmonlarni har bir ibodatga kirishishdan oldin poklanishga tozalanishga buyuradi.

Islom dinida ayniqsa og‘iz tish tozaligiga

Arok daraxtidan yasalgan misvok bilan tozalashga alohida e’tibor qaratgan.

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam insoniyat tarixida birinchi bo‘lib og‘iz va tish tozaligiga davat qilganlarini g’arb olimlari ham e’tirof qilishgan.

Misvok haqida payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan o’nlab hadislar vorid bo‘lgan.

٨١- [عن عائشة أم المؤمنين:] السواكُ مطهرةٌ للفمِ مرضاةٌ للربِّ.

Mo‘minlarini onasi Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilinadi. Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qildilar:

,,Misvok og‘izni poklovchi Alloh taoloni rozi qilguvchidir».

١٩٢- [عن أبي هريرة:] لولا أن أشقَّ على أمتّي لأمرتُهُم بالسواكِ مع كلّ وضوءٍ. وفي رواية: لفرضتُ عليهِم السواكَ مع الوضوءِ • صحيح ذكره البخاري في صحيحه

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:,, Agar ummatimga qiyin bo‘maganida edi ,ularni har tohoratda misvok qilishga buyurar edim «dedilar.

Misvok fazilati borasida Sahoba roziyallohu anhumlar va tobiyinlardan ham ko‘plap rivoyatlar bor.Sahoba roziyallohu anhumlar misvokni o‘zlaroga lozim tutishgan .Hozirgi kunda ikki haram makkalik madinalik  ham misvokni doim yonlarida olib yurishadi .Nomoz vaqti yaqinlashsa darrov misvokni qo‘llariga oladilar. Misvokni foydalar juda ko‘p ular birnechtasini quyda sanab o‘tamiz.

1. Misvok Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aslo tark etmagan sunnatlari.

2. Allohning roziligiga erishtiradi.

3. Ogʻizdagi badbo‘ylarni xushboʻylashtiradi.

4. Tishlarning chirishi va darz ketishining oldini oladi.

5. Milklarni mustahkamlab, qonashi va yiringlashini yoʻqotadi.

6. Ogʻiz suvini yumshatadi, balgʻamni koʻchiradi, ovozni tiniqlashtiradi, nutq talaffuzini yengillashtiradi.

7. Oshqozon faoliyatini yaxshilab, ovqat hazmiga yordam beradi.

8. Yurak, meʼda, koʻz asablarini mustahkamlaydi.

9. Koʻzni ravshan, nazarni oʻtkir qiladi, koʻz ogʻrishini toʻxtatadi.

10. Xotirani kuchaytiradi, zakovatni o‘sttiradi, zehnni ochadi.

Mana biz sizlar bilan misvokning fazilatlari va unga beriladigan ajru-mukofotlar bilan yaqindan tanishib chiqdik. Ko’pchilik o’ylaganidek misvok shunchaki og’iz bo’shlig’ini tozalovchi qurol emas, balki u Alloh taoloni rozi qiluvchi va barcha rosullarning ham sunnatidur. Shu sabab keling shu sunnatni barchamiz birgalikda ihyo qilaylik va unga va’da qilingan mukofotlarga ega bo’laylik!

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilimyurti 4-kurs 77-guruh talabasi Muhtorov Mardonbek

Load More In МАҚОЛАЛАР