MO’TABAR ASAR

0
83

Qadimdan Movarounnahr  diyorida hadis ilmi bo’yicha “Mishkot” asaridan keng foydalanib kelingan. Bu kitob bevosita Imom Bag’aviyning “Masobih as-Sunna” kitobiga bog’liq. Bu zotning to’liq ismlari Abu Muhammad Al-Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad ibn al-Farr al-Bag’aviy bo’lib, u zotni “Muhyis-sunna’’ deb ham atashgan. Ibn Xallikon o’zining “Vafoyat al-A’yon” kitobida u zotning Xurosondagi “Bag’” qishlog’ida hijriy 433-yilda tug’ilganlarini ta’kidlagan.

Imom Bag’aviy rohimahulloh juda ham parhezkor, zohid inson bo’lganlar. Hofiz Zahabiy “Siyaru a’lamin-nubalo” asarida u zot haqida: “Darsni faqat tahorat bilan tayyorlardilar, oddiy libos kiyar va kichkina salla o’rar edilar.” deganlar.

Imom Bag’aviy ilmning ko’plab sohalarini chuqur o’rganib, yetuk olim sifatida nom qozonganlar. Xususan, hadis rivoyatida ham ishonchli roviy bo’lganlar. Ibn Nuqota rohimahulloh o’zlarining “Istidrok” nomli kitoblarida u zotni “Hofiz, imom, ishonchli va solih inson” deb ta’riflagan.

Imom Bag’aviy rohimahulloh Marvruzda hijriy 510-yili shavvol oyida (ba’zi rivoyatlarda 512-yili) vafot etganlar. Alloh taolo u zotni O’z rahmati bilan o’rasin.

Imom Bag’aviy rohimahulloh “Masobiyh as-Sunna”  kitoblarini hadislarning roviylarisiz ta’lif qilganlar. Keyinchalik bu kitobga ko’plab ulamolar taxrij qilganlar – isnod bog’laganlar. Imom Tabriziyning “Mishkot al-Masobih” kitobi taxrijlarning eng mashhurlaridan hisoblanadi. Imom Tabriziy rohimahulloh mazkur kitobda kelgan hadislarni taxrij qilganlar, boblar qo’shimcha qilganlar va hadislarni rivoyat qilgan sahobalarni zikr qilgalar. Ushbu kitobning ham bir qancha sharhlari va muxtasarlari bizgacha yetib kelgan. Ular ichida Mulla Ali Qoriy rohimahullohning “Mirqot al-Mafotih” nomli sharhlari o’zining mukammalligi bilan ajralib turadi. Ushbu kitob 11 jilddan iborat bo’lib, bugungi kunda ham keng foydalanib kelinmoqda.

 

 “Mirqot al-mafotih” kitobi asosida “Sayyid

Muhyiddin maxdum” o’rta maxsus islom

bilim yurti 2-bosqich talabasi

Xoji Ali Abduvosiyev tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР