БИЛИМ ЮРТИ БИЛИМ ЮРТИ ҲАЁТИДАН ЯНГИЛИКЛАР Mudarrislar kengashi bo’lib o’tdi 14 февраля, 2025 0 741 Bugun 2025-yil 14-fevral «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi mudarrislar kengashi bo’lib o’tdi. Tadbirda bilim yurti mudiri Rustamjon domla Mahmudov, O’quv ishlari bo‘yicha mudir o’rinbosari Qahramonjon domla Isroilov, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mudir o’rinbosari Nodirbek domla Jamolov, ta’lim muassasa mudarrislari va ishchi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir Qur’on karim tilovati bilan boshlandi. So’ng ta’lim muassasasi mudiri Rustamjon domla Mahmudov Tadbirni ochib berdilar. O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o’rinbosari Qahramonjon domla Isroilov 2024-yilgi ta’lim muassasada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. 2024-2025-o‘quv yili 1-yarim yilligi davomida eng faol va namunali faoilyat ko‘rsatgan 1-kurs 91 guruh rahbari X.Normirzayev TASHAKKURNOMA va esdalik sovg’a bilan taqdirlandi.