ЯНГИЛИКЛАР Muftiy hazratlarining yosh diniy soha xodimlariga murojaatnomasi yetkazildi 1 июля, 2024 0 239 30-iyun “Yoshlar kuni” bayrami doirasida 25-30-iyun kunlari respublikamiz boʻylab yoshlarni, ularning orzu-intilishlari, gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi hamda “Sayyid Muhyiddin maxdum” oʻrta-maxsus islom bilim yurti bilan hamkorlikda “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom oʻrta- maxsus islom bilim yurtida tizimda xizmat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuv tadbiri uyushtirildi. Tadbirda “Sayyid Muhyiddin maxdum” oʻrta va maxsus islom taʻlim muassasasining 48 nafar imom-xatib va noiblari hamda 14 nafar xodimi ishtirok etdi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Diniy idora tizimida xizmat qilayotgan yoshlarga murojaatnomasi vakil oʻrinbosari M.Moʻminov tomonidan oʻqildi va eshittirildi. Tadbirda xayriya dasturxoni yozilib, ishtirokchilarga sovgʻalar tarqatildi.