Nikoh barcha Payg’ambarlar sunnati

0
66

Nikoh — bu Islomda buyuk sunnat amallaridan biri bo‘lib, Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) biz ummatlariga nikohlanishni buyurganlar. Nikoh orqali inson o‘z hayotini halol tarzda davom ettirish, oilasini barpo qilish va Alloh taoloning buyurgan tartiblariga amal qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu amal insonning o‘z nafsini pok saqlashiga, ko‘ngilni yomon istaklardan tiyishga yordam beradi.

عن ابن مسعود قَالَ : » كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ شَبَابًا لَا نَجِدُ شَيْئًا فَقَالَ لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ( يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ مَنْ اسْتَطَاعَ منكُم الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ ، فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ ، وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ ) .
Abdulloh ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam):
> «Ey yoshlar jamoasi! Kimda-kim uylanishga qodir bo‘lsa, uylanib olsin. Chunki u (nikoh) ko‘z (haromga boqishdan) to‘sguvchi va farjni (haromdan) saqlovchidir. Kimki (uylanishga) qodir bo‘lmasa, u ro‘za tutsin. Chunki ro‘za uning uchun (nafsi uchun) to‘siqdir»
— deb marhamat qilganlar. Ushbu hadis nikohning nafaqat ibodat sifatidagi ahamiyatini, balki uning axloqiy poklik va iffatni saqlash uchun qanday zarurligini ta’kidlaydi.
Nikoh — faqat jismoniy ehtiyojni qondirish emas, balki ulkan ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni saqlash vositasi hamdir. Har bir musulmon uchun bu buyuk sunnatni ado etish, oilasini halol yo‘lda saqlash va jamiyatda poklikni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Nikoh — bu Alloh taoloning buyurgan yo‘lida yurib, nafsni poklash va haromdan tiyilishning eng to‘g‘ri va eng samarali yo‘lidir.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi Shaxboziddin domla Abdimajitov

Load More In МАҚОЛАЛАР