МАҚОЛАЛАР O’Z JONIGA QASD QILISHNING SABABLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI 12 марта, 2021 0 892 Hayot inson uchun berilgan eng qadrli omonatdir. Shuningdek, u Alloh taolo tomonidan insonga topshirilgan imkoniyat va mas’uliyatdir. Inson bu ne’matni asrab-avaylashi, unga hiyonat qilmasligi lozim. Aks holda, eng og‘ir jinoyatga qo‘l urgan, o‘z zimmasiga katta gunoh orttirgan bo‘ladi. Qur’oni Karimda insonni o‘zining yashash huquqiga tajovuz qilishi man etilgan. Jumladan:“O‘z qo‘lingiz bilan o‘zingizni halokatga tashlamangiz!”, “O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmangiz, zeroki, Alloh Sizlarni o‘z rahm va shafqati ila yashashingiz uchun dunyoga keltirgandir”, deb marhamat qilgan. Payg‘ambarimiz Muhamad (sallallohu alayhi vasallam) ham o‘z hadisi shariflarida o‘z-o‘zini o‘ldirish harom ekanligi, bunday ishni qilgan kishiga oxiratda qattiq azoblar bor ekanligi haqida aytib o‘tganlar. Jumladan: “Kimki tog‘ tepasidan tashlanib, o‘z-o‘zini o‘ldirsa, o‘lgandan so‘ng jahannamda ham shu xil azobga giriftor bo‘ladi. Agar zahar ichib o‘zini o‘zi o‘ldirsa, jahannamda ham abadiy shu azobga mubtalo bo‘ladi. Kimki o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, u kishi temir parcha qorniga suqulgan holatda jahannam o‘tida abadiy qolur”, deb marhamat qilganlar. Boshqa bir rivoyatda esa:“O‘zini suvga tashlab yoki osib yoki kuydirib o‘ldirgan kishilarning hukmi ham yuqorida zikr qilinganlar bilan barobardir” deganlar. Afsuski bu hodisa hozirgi kunda juda ham ko’p ro’y bermoqda, buning sabablari ham xilma-xildir. Bu degani odamlar ijtimoiy va ruhiy qiyinchiliklarga deyarli bardosh bera olishmayapti. Kichik bir ruhiy og’irlik tufayli ham odamlarning ayrimlari o’zini o’zi o’ldirmoqda. Tarixiy qo’lyozmalarda qadimgi Yunoniston, qadigi Xitoy va Rimda mazkur hodisalar bo’lganligi yozib qodirilgan. Bugungi kunda g’arb mamlakatlarida o’z joniga qasda qilish eng keng tarqalgan o’lim turlaridan biridir. Bu hodisa asosan o’smirlar va yoshlar orasida ommalashgan. Ularni o’z joniga qasd qilishga undovchi sabablar ularning o’qish faoliyati, jamiyatdagi o’rni yoki bo’masam shaxsiy hayoti bilan bog’liq. O’z joniga qasd qilish ojizlik alomati hisoblanadi. Shu ishni amalga oshirgan kishi hayotiy mas’uliyatdan shu yo’l bilan qutilmoqchi yoki qochmoqchi bo’ladi. Eng qizig’i, o’zini o’ldirgan odamlarning juda katta qismi deyarli 90% pisixoliklar, ijtimoiy himoyachilar, pedagoglar va shifokorlar huzurida bo’lib yurganlardir. Demak, ularni o’z joniga qasd qilishdan hech kim toxta olmagan. Pisixoliklar va yuqorida sanab o’tilgan mutaxasislar ularning yashashlariga aqalli birorta ham sabab ham topib bera olishmagan. O’z joniga qasd qilmoqchi bo’lgan odamga uning alomatlari sezila boshlaydi. Ya’ni boshqalar bu alomatlarni sezib, ko’ra olishadi. U o’lim haqida hazilomus yoki jiddiy gaplarni ko’p gapira boshlaydi. Shaxsiy buyumlarini sababsiz boshqalarga ulasha boshlaydi. ichishga ruju qo’yadi. Dalillar shuni ko’rsatadiki quyidagi sabablar o’z jonoga qasd qilishda ko’proq uchraydi: yosh bilan bog’liq tushkunlik, inqiroz; ruhiy tarbiyasizlik; ajrimlar ya’niy oilaviy ajrimlar; yaqin kishisining o’lim; oila qurmasdan betartib yashash; ishsizl; axloqsizlik. O’z joniga qasd qilish asosan quyidagi ijtimoiy toifalarda ro’y beradi. jamiyatdan o’zini ayri his qilganlar; hayot voqeligini anglolmagan o’spirinlar, yoshlar; ichuvchilar, giyohvandlar; jinoyatchilar; o’zini jamoyat tomonidan xorlangan deb his qiluvchilar va boshqalar tomonidan nafsoniyati toptalganlar; ruhiy hastalar. Xar qanday sabab ham bosh sababga ya’ni pisixik muommolarga olib boradi. Bola tarbiyasidagi meyoridan ortiq qttiq qo’llik ham o’zini halok qilishga olib kelishi mumkin. Yana bir sabab ham borki uni aytmasak bolmaydi. U ham bo’lsa o’z joniga qasd qilgan kishi shu orqali o’ziga e’tiborsiz bo’gan kishilarni jazolamoqchi bo’ladi. U o’ylaydiki, men agar o’zimni o’ldirsam, qadrim keyin bilinadi, menga e’tibor bermaganlar rosa afsuslanishadi, ezilishadi, kuyinishadi, haqiqat shuki hodisa ro’y bergach ezilishi, kuyinishi kerak bo’lgan odamlar avvalgidek beparvo bo’lishda davom etaveradilar. Yana ulkan sabablardan biri diniy sababdir. Insonlar tomonidan o’ylab topilgan soxta dinlar qonuniyati bo’yicha o’z joniga qasd qilish mumkin hatto maqtalgan ham. Fransuz jamyatshunos olimi Emil Yur game nazariyasi bo’yicha aynan jamiyat insonni o’z joniga qasd qilishga majbur qiladi. Uning aytishicha jamiyat yetarlicha ish o’rni, ijtimoiy himoya tizimi shakillansa bu hodisa kamayadi. Mashhur olimning tadqiqotlariga ko’ra ruhiy hastalarga ko’proq ayollarni misol qilishimiz mumkin va ayollarda o’z joniga qasd qilish erkaklarga nisbatan ko’proq uchraydi. Hozirda odamlarning ayrimlari hatto o’limdan keyin beriladigan sug’urta pulini ko’zlab o’zini o’ldirishmoqda. Ular shu orqali oilasini moddiy taminlashni maqsad qilishadi. Bilim yurti mudarrisi Muslimbek YO`LCHIBOYEV