ЯНГИЛИКЛАР O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari «Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 5 декабря, 2025 0 130 #Tashrif O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari «Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 4-Dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi «Masjidlar bo‘limi» mudiri Muzaffar domla Kamolov hamda «Xalqaro aloqalar bo‘limi» mudiri Shavkat domla Hamdamov muassasamizga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida domlalar yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda ta’lim jarayoniga ta’siri haqida talabalarga suhbat o‘tkazdilar. Mazkur tashrif davomida mehmonlarga ta’lim muassasasi mudiri Rustomjon domla Mahmudov hamrohlik qildi. Uchrashuv talabalarning diniy bilimlarini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ularni islohotlar jarayonidan bevosita xabardor qilishga xizmat qildi. 🌐 Maxdum.uz — diniy maʼrifiy kanal! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️ Telegram (https://t.me/maxdumuz) | 📘 Facebook (https://www.facebook.com/maxdumuz?mibextid=ZbWKwL) | 📸 Instagram (https://www.instagram.com/maxdumuzz?igsh=bXN0djVpaDJ2bzZz)