Ommaviy madaniyatning zarari

0
26

Mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, ularning Vatan istiqbolini o’z qo’liga ola biladigan munosib vorislar bo’lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan yoshlarni himoya qilish masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yosh avlod o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, yoshlar ongini yot g’oyalar ta’siridan asrash, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik,  ekstremizm va terrorizm illatlarining oldini olishga ko’maklashish hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirish lozim. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o’tkazayotgan salbiy ta’siri quyidagilarda namoyon bo’lmoqda:

Birinchidan, informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi. Bu vositalar orqali taklif etilayotgan “qadriyatlar” ko’p hollarda yoshlarimizni o’zimizning milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo’ymoqda, o’z tarixiy ildizlaridan uzoqlashuviga olib kelmoqda.

Ikkinchidan, “ommaviy madaniyat” turli xil ko’rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi. Uchinchidan, yoshlar orasida taqlidchilik, g’arbona ideallarga ko’r-ko’rona ergashish kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Bunda, xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofil`mlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini chulg’ab olayotganligini sezish qiyin emas. Oqibatda, yoshlar o’rtasida kitob o’qishdan ko’ra komp`yuter o’yinlari oldida vaqtini o’tkazish, mazmunan sayoz bo’lgan turli xil janrdagi fil`mlarni tomosha qilish, odat tusiga kirib bormoqda.

 

«Sayyid Muhyiddin maxdum»  o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi                                                 M. To’raqulov tayyorladi

  • KUN HADISI

    #kun_hadisi KUN HADISI «Sayyid Muhyiddin maxdum » o’rta maxsus islom bilim…
  • Бемазҳаблар ҳақида

    “Ихтилоф қилманглар, яна қалбларингиз ихтилофли бўлиб қолмасин”, деб севикли Пайғамбаримиз…
  • Фитнанинг 11та хатар ва зарарлари

    Фитна энг кўп қон тўкилишининг энг катта сабабларидан бўлиб, фитна натижасида жамиятда тал…
Load More In МАҚОЛАЛАР