QAYERDA BO’LSANG HAM FAQIH(OLIM)GA YAQIN BO’L!

0
87

Ibn Abu Xaysamiy rohimahulloh “At-tarix ul-kabir” asarida quyidagi voqeani keltiradilar: Abdulloh ibn Abu Muso Tustariy aytadi: Menga “Qayerda bo’lsang ham faqihga yaqin bo’l!” deb aytildi. Men Bayrutga, Imom Avzoiyning oldiga bordim. U zot men haqimda so’radilar. Men o’zim haqimda aytib berdim (u kishi oldin majusiy bo’lib so’ngra musulmon bo’lgan). Avzoiy “Otang bormi?” deb so’radilar. Men “Ha bor, uni Iroqda tashlab kelganman. U – majusiy” dedim. U kishi “Uning oldiga qaytmaysanmi, shoyad Alloh sen sababli hidoyat bersa?!” dedilar.  “Menga  ijozat berasizmi?” dedim. U kishi: “Ha”, dedilar. Shundan keyin otamning oldiga bordim va uni xasta holda topdim. Otam menga: “Senga nima bo’ldi?” dedi. Men musulmon bo’lganimni aytdim. U kishi: “Diningdan yuz o’gir!” dedi. Men otamga islom va musulmonlar haqida xabar berdim, shunda u: “Senga guvohlik beraman men musulmon bo’ldim”, dedi. Otam shu kasallari bilan vafot etdilar, u kishini dafn qildim, So’ngra Imom Avzoiyning oldilariga qaytdim va bo’lgan voqeani aytib berdim.

Qayerda bo’lsang ham faqihga, ya’ni olimga yaqin bo’l!

 

 “Maalimil irshodiya li sinoati tolibi ilm’’ kitobi

asosida bilim yurti 2-bosqich 77-guruh talabasi

Xoji Ali Abduvosiyev tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР