МАҚОЛАЛАР QOMUSI BORNING ERKI O’Z QO’LIDA 9 декабря, 2022 0 116 Har bir jamiyat oʻzlarining urf-odatlari, yashash sharoitlarini eʼtiborga olgan holda barcha birdek amal qila oladigan, jamiyatning har bir aʼzosini huquqlarini himoya qiladigan qonun-qoidalarga ega boʻlishi zarur. Undan tashqari ana shu qonun-qoidalar xalqning orzu-umidlarini ham hisobga olishi, vatan kelajagi va xalq farovonligini taʼminlashi lozim. Barchamizga ayonki, sobiq ittifoq davrida amalda boʻlgan qonun-qoidalar faqat va faqat markaz manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanar edi. Bu esa xalqning tanazzuliga olib keladi. Shunday ham boʻldi. Alloh taologa cheksiz hamdlar boʻlsinki, bugun Oʻzbek deya atalmish buyuk xalqimiz oʻzligiga asta-sekin qaytmoqda. Alloh taoloning fazli va marhamati bilan Mustaqillik erishgan yillarimizning dastlabki davridayoq zulm va istibdod ustiga qurulgan qonunlardan ozod boʻlganimiz ham bunga yorqin misol. Shu bilan birga xalqimizning milliy qadriyatlariga mos keladigan yangi shakldagi bosh qomusimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga erishdik. Bu kun xalqimiz uzoq vaqt mobaynida kutgan kun boʻlgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻzbek xalqi asrlar davomida oʻzining qonunlari bilan yashab kelganiga tarix guvoh. Shunday ekan Oʻzbek xalqiga ming yillar davomida amal qilib kelgan Qomusini qoʻyib, kimlardir oʻzining manfaatidan kelib chiqib tuzib bergan qonunlarga amal qilishi hech yarashmaydigan ishdir. Alloh taolo xalqimizga neʼmatlarini bardavom qilsin! «Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus bilim yurti 4-kurs 79-guruh talabasi Xojali Abduvosiyev Bilim yurti matbuot xizmati.