МАҚОЛАЛАР Ramazon salomatlik oyidir 12 марта, 2024 0 158 Qadimda ham, hozirda ham ochlik bilan davolash muolajalari tabiblar o‘rtasida eng keng tarqalgan davolash uslublaridan hisoblanadi. Musulmon bo‘lmagan mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, inson jismonan sog‘lom yurishi uchun bir yilda 28, 29 kun ixtiyori och yurishi kerak ekan. Ramazon oyi esa 29, 30 kun davom etadi. Alloh taolo siz bilan biz mo‘min-musulmonlarga sog‘ligimiz garovi bo‘lgan ushbu muolajani ibodat qilib berib, ulkan ajru savoblarni, yaxshiliklarni va’da qilgan ekan. Ramazonning birinchi kechasining ham alohida fazilati bor. Imom Termiziy, Nasoiy va Ibn Hibbonlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonning birinchi kechasi bo‘lganda shaytonlar va bebosh jinlar kishanlanadi, do‘zax eshiklari berkitiladi, ulardan birortasi ham ochiq qo‘yilmaydi va jannat eshiklari ochiladi, ulardan birortasi ham yopilmaydi. Har kecha bir jarchi: «Ey yaxshilik talabgori, kelgin! Ey yomonlik talabgori, to‘xtagin!», deydi», deganlar. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi: Baxtiyor domla Abdunazarov tayyorladi.